“Kelgusi beş yilda 6 ming kilometr yöllar quriladi va ta'mirlanadi. Bunga 1,8 trillion söm mablağ ajratiladi.
Bunda, içki yöllarni ta'mirlaş va foydalanişning yangi tizimi joriy etiladi. Jumladan, har bir tuman va şaharda alohida jamğarma taşkil etilib, barqaror moliyaviy manbalar bilan ta'minlanadi. Uşbu jamğarma mablağlarining 50 foizi jamoatçilik takliflari asosida şakllantirilgan loyihalarga sarflanadi.
Bundan taşqari, “Qöqon – Namangan –Andijon – Qöqon” halqa temir yöli böylab tezyurar elektropoyezdlar yölga qöyiladi. “Pop – Qöqon – Marğilon – Andijon –Xonobod” temir yöli töliq elektrlaştiriladi.
Şuningdek, Farğona xalqaro aeroporti 43 million dollar mablağ evaziga rekonstruksiya qilinib, xorijiy va xususiy aviakompaniyalar parvozlari yölga qöyiladi. Natijada, yölovçi va yuk taşiş hajmi 5 barobarga oşadi”, dedi prezidentlikka nomzod.
Farğona xalqaro aeroporti 43 mln dollarga rekonstruksiya qilinadi
Farğona xalqaro aeroporti 43 million dollar mablağ evaziga rekonstruksiya qilinib, xorijiy va xususiy aviakompaniyalar parvozlari yölga qöyiladi. Bu haqda Şavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.












