Ma'lum qilinişiça, bu şifoxona 1975 yilda qurib bitkazilgan. Keyinçalik joriy ta'mirlaş işlari bajarilgan. Klinikaga yiliga örtaça töqson mingdan ortiq murojaat böladi. Öttiz mingdan ziyod bemor statsionar tarzda davolanadi. Şuningdek, Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari amaliy maşğulotlarini şu yerda ötkazadi.
Lekin şifoxonada buning uçun şaroitlar yetarli emas. Binolar eskirib, ta'mirtalab bölib qolgan.

Davlat rahbari bu yerdagi ahvolni közdan keçirdi. Klinikani töliq rekonstruksiya qilib, uning negizida vodiy aholisi uçun kardiologiya, neyroxirurgiya, köz kasalliklari va urologiya böyiça murakkab operatsiyalar ötkazadigan tibbiyot markazi taşkil etişga körsatma berdi.
Prezident şifokorlar bilan suhbatlaşdi.
«Inson qadrini uluğlaş, uning hayotiy manfaatlarini ta'minlaş uçun, eng avvalo, odamlarning salomatligi va yaşaş şaroitini yaxşilaşimiz kerak. Bu institut va klinika şu borada katta markazlardan biri böla oladi. Buning uçun zarur şaroitlarni yaratamiz. Faqat ta'lim metodikasini yangilaş, dunyo tibbiyotida qöllanilayotgan ilğor uslublarni tatbiq etiş kerak», – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şu yerda Andijon viloyatida soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş böyiça amalga oşiriladigan işlar haqida ma'lumot berildi. Mutasaddilariga aholisi köp Şahrixon tumani misolida tibbiy körik ötkazib, kasallik turlari böyiça davolaşning yangi uslublarini amaliyotga joriy qiliş vazifasi qöyildi.











