Sudyalar oliy kengaşi sudyalarga advokatlik qilişni qaçon töxtatadi?
|22:59 / 30.09.202116 6218 min
Sudyalar oliy kengaşi taşkil etilganiga 4 yildan oşdi. Aytiş joizki, şu vaqt mobaynida Kengaş öz faoliyatida sezilarli özgarişlarga erişdi. Xususan, sudyalarning lavozimga tayinlanişi yopiq eşiklar ortidan internetga köçgani, OAV uçun tez-tez matbuot anjumanlari taşkil etayotgani e'tirofga loyiq.
Biroq, ayrim masalalar böyiça tutayotgan yöli Kengaşning xolisligiga şubha tuğdirmoqda. Xususan, Kengaş ayrim hollarda sudyalar xatti-harakatlariga tegişli bahoni beruvçi emas, balki advokat pozitsiyasini ma'qul körmoqda.
Quyidagi bir qator holatlar misolida fikrimizni asoslaşga harakat qilib köramiz.
Sudyalar jinoyatini boşqa manbalardan bilib olamiz
Jamoatçilik sudyalarning jinoyat sodir etganligi haqidagi xabarni sud organlaridan emas, balki boşqa manbalardan bilib oladi. Birgina misol – Toşkent şahar ma'muriy sudi sudyalari va yordamçilarining davlat mablağlarini talon-toroj qiliş bilan boğliq jinoyati 2020 yil yozida sodir etilgan bölsa-da, 2020 yil dekabrida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi ma'lum qilmaguniça jamoatçilik bundan bexabar bölib kelgan.
Kengaş bunday holatlarda “tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi”ni rökaç qiliş orqali tizim obrösini sun'iy ravişda saqlaşga harakat qiladi. Biroq, bu jamoatçilik va fuqarolarning tizimga nisbatan işonçi yöqolişiga sabab böladi.
Jinoiy u yoqda tursin, intizomiy javobgarlikka tortilganlar ham sir saqlanadi
Kengaş doimiy ravişda intizomiy javobgarlikka tortilganlar sonini (!) ma'lum qilib boradi. Ammo, intizomiy javobgarlikka tortilganlarning şaxsi va ularning qaysi harakati uçun javobgarlikka tortilgani oşkor qilinmaydi. Buni Kengaş sudyalarga bosim va boşqaça salbiy munosabat qilinişining oldini oliş maqsadi bilan izohlab keladi.
Vaholanki, sudga işi tuşgan fuqaro taqdirini kim hal qilayotganini bilişga haqli emasmi?
Mavzuga oid
Intizomiy jazoga tortilgan sudyalarning şaxsi nega sir tutilmoqda? Sudyalar oliy kengaşining javobi asosli emas
Sudyalar reytingi töliğiça e'lon qilinadi, deb xomtama bölmang!
Prezidentning 2020 yil 7 dekabrdagi PF-6127-sonli farmonida sudya faoliyatining samaradorligini elektron reyting orqali oçiq va şaffof baholaşni ta'minlaydigan aniq mezonlarni işlab çiqiş va amaliyotga tatbiq etiş belgilangandi.
Ana endi hamma sudyaning reytingi internetda oçiq e'lon qilinadi, şu paytgaça qarorlari yuqori instansiyalarda sinişidan qörqmay, xohlagan işini qilib kelgan sudyalar şarmanda bölmaslik uçun özini yiğiştirib oladi, degan fikrga borgan bölsangiz, çuçvarani xom sanabsiz, Kengaş bunday sudyalarini xafa qildirib qöymaydi.
Yaqinda bölib ötgan matbuot anjumanida faqat eng kuçli sudyalarning reytingi e'lon qilinişi ma'lum qilindi.
“Bunda röyxat asosida hamma sudyaning reytingi e'lon qilinmaydi. Biz eng yuqori reytingga ega bölgan, rağbatlantiriş uçun tavsiya etiladigan nomzodlar röyxatini e'lon qilamiz” – dedi Kengaş vakili.
Hamma sudyaning reytingi e'lon qilinmasligining sababi – reytingi past bölib qolgan sudyaga taraflar bosim qilmasligi, sudyaga işonçsizlik kelib çiqişining oldini oliş ekan.
Qiziq-a? Prezident farmoni sud tizimida korrupsiyaning oldini oliş, oşkoralikni kengaytiriş, fuqarolarning odil sudlovga bölgan işonçini oşiriş maqsadida qabul qilinadi, Kengaş esa uquvsiz yoki “erkatoy” sudyalar manfaatidan kelib çiqib, ularga zarar yetmaydigan tarzda ijro qiladi.
Murdadan “körsatma olgan” tuman sudyasi jazosiz qolgani mayli, viloyat sudiga rais bölib ketganiga nima deysiz...
Yodingizda bölsa, Kun.uz saytida berilgan maqolada fuqarolik işlari böyiça Şovot tumanlararo sudining raisi bir muddat oldin ölgan şaxs göyoki tirik bölgani va sudda u bergan guvohlik körsatmasini işonçli deb hisoblagani, şunga asosan noxolis qaror çiqargani haqida söz yuritilgandi.
Kengaş matbuot kotibi Tursunali Akbarovga köra, voqelik 2016 yilda sodir bölgan, bugunga kelib, sudyaga nisbatan intizomiy çora köriş muddati ötib ketgan. Şu sababli sudyaga nisbatan çora körişning huquqiy asosi qolmagan.
Savol tuğiladi: sudya tomonidan “marhumni gapirtiriş”, uning körsatmasi asosida sud hujjati qabul qiliş intizomiy jazoga loyiqmi? Bizningça, yöq. Çunki, mazkur holatda sud hujjati soxtalaştirilgani inkor etib bölmas haqiqat. Bunda esa qilmiş kamida JKning 209-moddasi (mansab soxtakorligi) yoki 231-moddasi (adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror çiqariş) doirasida körib çiqilişi lozim edi. Ehtimol, buning uçun jazo qöllaş muddati ötib ketgandir. Biroq, bunday xatti-harakat sodir etgan sudya tizimda hamon işlayotgani, bunga Kengaşning oçiqdan oçiq xayrixohlik körsatayotganini soğlom aqlga siğdirib bölmaydi.
Eng dahşati, Oliy Kengaş marhum qiziqçi Hojiboy Tojiboyevning latifasida aytilganidek, “jamoatçiligingayam, jurnalistlaringayam” dedi-da, murdadan "“körsatma olgan” sudya Jamila Sultonovani lavozim pillapoyalarida yuqorilatib, Xorazm viloyat Ma'muriy sudiga rais etib tayinlaş böyiça taqdimnoma qiritgan.
Buyurtma maqolasi çiqmagani uçun gazeta muharririga tahdid qilgan sudyaning harakatlari “unutildi”
2021 yil 8 fevral kuni Kun.uz saytida maqola e'lon qilinib, unda Navoiy viloyati Uçquduq tuman iqtisodiy sudi raisi Xurşid Tursunov «Uçquduq» gazetasi tahririyati muharriri Rayhon Qodirovaga yuborgan maqolalarini çop etib, gazetadan bir nusxa jönatmasa, jarimaga tortişi haqida tahdidli xat jönatgani, sudning buyurtma maqolasi esa plagiat bölib çiqqani haqida söz yuritilgandi.
Kengaş matbuot kotibi holat örganilayotgani, natijasi haqida qöşimça ma'lumot berilişi haqida tezkorlik bilan munosabat bildirdi. Biroq, voqea jamoatçilik e'tiboridan çetda qolişi bilan “yopiqlik qozon yopiqligiça qoldirildi” hamda va'da qilingan qöşimça ma'lumot hanuzgaça e'lon qilingani yöq.
Sudyalar ustidan “xolisona” ötkazilgan xizmat tekşiruvi
Gyunel Aliyevani sarson qilgan jizzaxlik sudyalar ustidan ötkazilgan xizmat tekşiruvida “kutilganidek”, sudyalarning nojöya xatti-harakatlari aniqlanmadi.
Xizmat tekşiruvi Jizzax viloyati sudlari malaka hay'ati raisi va bir vaqtning özida viloyat sudi raisining örinbosari – fuqarolik işlari böyiça sudlov hay'ati raisi Akram Şukurov boşçiligida olib borilgani xizmat tekşiruvi xolisligini katta söroq ostida qoldirdi.
Kengaş tekşiruvning xolis ötgan-ötmaganini aniqlaş maqsadida örganiş olib borişini va natijalari böyiça keyinroq alohida ma'lumot berilişini aytganiga salkam 1,5 oy ötgan bölsa-da, bu masalada ham sukut saqlanmoqda.
Odatda, sudyalarga nisbatan ğayriqonuniy harakat sodir etilsa, aybdorlarni javobgarlikka tortiş qoyillatib qöyiladi. Biroq, tadbirkor Gyunel Aliyevani yillab sarson qilgan sudyalarning “öyinlari” yaqqol körinib turgan bölsa-da, sudyalarga nisbatan heç qanday çora körilgani yöq. Ayni masalada Kengaşning bu darajada sustkaşligi, balki jizzaxlik sudyalar qaysidir yuqori lavozimli şaxsning şogirdlaridir, degan şubha-gumonlarga ham yetaklab qöyyapti.
Bir vaqtlar fuqarolik işlari böyiça Qöqon tumanlararo sudi sudyasi V.Madrahimov bir fuqaroning aslida tölab bölingan 150 ming söm qarzini oradan 3 yil ötib 10 mln söm qilib undiriş töğrisida hal qiluv qarori çiqarganda, sudyaning taniş-bilişçilikka yöl qöyib, zamonaviy “reket”çilarni yaqqol qöllab-quvvatlagani ham alal-oqibat e'tiborsiz qoldirilgandi.
Qisqa qilib aytganda, Kengaş sudyalarning aybini bekitiş, qöpol xatolari bölsa-da, ularni himoya qiliş emas, fuqarolarning odil sudlovga bölgan işonçini tom ma'noda oşiriş pozitsiyasida bölişi lozim.