Sudyalar oliy kengaşi ayni vaqtda sudyalar faoliyatini baholaş elektron reyting tizimini joriy etiş ustida iş olib bormoqda. Bu haqda kengaş kotibi Xurşid Sodiqov ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Elektron tizim prezidentning 2020 yildagi qarori va farmoni asosida, AKT vazirligi va “Unicon” korxonasi bilan birgalikda işlab çiqilyapti.
Ta'kidlanişiça, reyting bir neçta mezonlar asosida şakllantiriladi. Mezonlarni şakllantirişda Germaniya tajribasidan foydalanildi. Professionalizm, odob-axloq qoidalariga rioya etiş, murojaatlar bilan işlaş, bilim darajasi, qabul qilingan sud qarorlarining sifati kabi jami 7-8ta mezonlar asosida 100 ballik tizimda reyting şakllantiriladi.
Reyting orqali yil yakunida eng kuçli sudyalar aniqlanib, ular “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirlanadi.
Kengaş vakili faqat eng kuçli sudyalarning reytingi e'lon qilinişini bildirdi.
“Reyting natijasi veb-saytda e'lon qilinadi. Bunda röyxat asosida hamma sudyaning reytingi e'lon qilinmaydi. Biz eng yuqori reytingga ega bölgan, rağbatlantiriş uçun tavsiya etiladigan nomzodlar röyxatini e'lon qilamiz.
Hamma sudyaning reytingi e'lon qilinmasligining sababi – kimningdir reytingi past bölib qolsa, u öz ustida işlaşi kerak böladi, lekin buni (sudya köradigan işdagi) taraflar biladigan bölsa, har xil tuşunmovçiliklar va sudyaga işonçsizlik kelib çiqadi. Şuning uçun hammasini e'lon qiliş noörin”, – deydi Xurşid Sodiqov 17 avgust kungi matbuot anjumanida.











