Toşkent şahar ma'muriy sudi sudyalari va yordamçilari davlatning 8 milliard söm miqdoridagi mablağini talon-toroj qilgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori örinbosari Umida Töxtaşevaga asoslanib, Daryo naşri xabar bermoqda.
30 noyabr kuni Oliy sudda bölib ötgan konferensiyada agentlik direktori örinbosari davlat mablağlarini talon-toroj qilişda sudyalar bilan boğliq jinoyat işlariga töxtalib ötgan.
Jumladan, U.Töxtaşeva Toşkent şahar ma'muriy sudining bir neça sudyalari va ularning yordamçilariga oid jinoyat işi böyiça ma'lumot bergan.
«Sudning bir neça sudyalari va ularning yordamçilari Toşkent şahar IIBB YHXB Ma'muriy amaliyot bölimi xodimlari bilan oldindan jinoiy til biriktirgan. Ular yöl harakati qoidalari buzilganligi yuzasidan tuzilgan ma'muriy işlarni kirim qilmasdan, taraflar iştirokida körib çiqmasdan va ayrim ma'muriy işlarni qasddan yöqotib, 5 mingga yaqin soxta qaror çiqargan», degan u.
Ma'lum qilinişiça, hozirda Boş prokuratura tomonidan Toşkent şahar ma'muriy sudi sudyalari va boşqa xodimlariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan va uşbu iş doirasida tergov harakatlari ötkazilmoqda.











