Zamonaviy «reket»ning sud qaroridagi aksi: «Bergan 150 ming söming ustiga yana 10 million söm tölaysan!»
|22:01 / 01.07.201944 90114 min
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Islohotlarning asosiy böğinida sud tizimini isloh qiliş turişi haqida köp ta'kidlandi. Ammo özbekning azaliy maqollariga ham tan bermay iloj yöq – «qozi turtkilasa, dodingni kimga aytasan?». Bugungi mavzumizga asos bölgan murojaatdagi sud qarori ham har jihatdan örganişga, hayratlanişga va islohotlarga «örnak» qilişga arziydi.
Keling, bir boşidan boşlaymiz.
2016 yil oddiy kunlarining birida, yöğ-ye, hamma bir-biriga yaxşilik istagan 21 mart — «Navröz» bayrami kunida buvaydalik Husniddin Meliboyev özi boşqarib ketayotgan «Damas» avtomobilida şu tumanda yaşovçi Sarvar Rahmonovga tegişli «Matiz» avtomobilini turtib yuboradi. Endi bundan heç kim suğurtalanmagan, aylangan ğildirak borki bir joyga urilişi mumkin. Xayriyatki, YTH natijasida heç kim jarohat olmaydi, vafot etmaydi.
Husniddin Meliboyev
Baribir YTH öz nomi bilan YTH, öz-özidan sodir bölmaydi, ehtiyotsizlik oqibatida bölsa-da, kimdir bunda aybdor, albatta. «Damas» haydovçisi H.Meliboyev barça aybni töliq zimmasiga oladi va S.Rahmonovga tegişli «Matiz»ni ta'mirlab beradigan böladi. Özi ustaçilik qilib pul topib yuradigan yoş yigit lafzida turadi va maşinani ta'mirlatib ham beradi.
Biroq oradan ön kun ötib, 2016 yilning 31 mart kunida S.Rahmonov avtomobilsiz yurgan kunlari evaziga 150 ming söm talab qiladi. Bunisiga ham könaylik, tovon tölatib olişni tuşuniş mumkin, piyoda yuriş kimga ham yoqardi? Şunda Husniddin hozir puli yöqligini, lekin muddat berilsa, albatta bu pulni ham berişini bildiradi. Buni hujjatlaştiriş zaruratini yaxşi bilgan jabrlanuvçining özi tilxat bitib, aybdorning 150 ming qarz bölganini qoğozga muhrlaydi. Ammo tilxatga keyinçalik juda «iş beradigan» bir bandni ham tirkab qöyadi: «...agar qarzni ikki oy içida uzmasam, avariya bölgandan keyin (ya'ni 2016 yilning 21 martidan boşlab) çözilgan har bir kun uçun 100.000 (yuz ming) sömdan (!) tölaşga tayyorman. Bu pulni bermasam jazo qöllaşingizga roziman», degan yozuv tagiga imzo çektiradi.
Tarixda iz qoldirgan va kitoblar qahramoniga aylangan Qori Işkambalar ham, bank foizlarining piru-komili bölib ketgan Rotşildlar oilasi vakillari ham bu taxlit tilxatga közlari tuşsalar darhol mazkur tajribani örganişga kirişişlariga şubha yöq.
Husniddin Meliboyev bir hafta muddat içida 150 ming pulni topadi va Sarvar Rahmonovga qönğiroq qiladi. S.Rahmonov pulni avtomobilni ta'mirlagan ustaga taşlab ketişni, keyinçalik undan olişini aytadi. H.Meliboyev pulni taşlab ketadi, öziga tegişli, garov sifatida qoldirilgan hujjatlarni oladi, biroq 150.000 söm berişi kerakligi haqidagi tilxatni qaytarib olmaydi.
Mavzuga oid
Eng qiziği şundan keyin boşlanadi. Oradan uç yildan köproq (!) vaqt ötib, 2019 yilda H.Meliboyevning uyiga MIB vakillari kelişadi va 2016 yilda çiqqan qaror asosida 150.000 söm asosiy qarz, 10.000.000 söm qarzning foizi (!), jami 10.150.000 söm, yana davlat foydasiga 2.030.000 söm davlat boji undiriş zarurligini bildirişadi.
Yuzaga kelgan vaziyatdan şokka tuşgan H.Meliboyev tabiiyki S.Rahmonovning yoniga qarab çopadi. Ammo ularning murosalari kelişmaydi. Talab yagona – buyoğini MIB bilan gaplaşaverasan. Ya'ni muxtasar qilib aytganda — pulni töla!
Husniddin pulni öz qöllari bilan bergan ustaning oldiga boradi. Usta ham pulni olganini va S.Rahmonovga berganini aytadi. Qiziği, ikkisi birgalikda şu yerning özida qönğiroq qilişganida jabrlanuvçining özi ham maşina vaqtida ta'mirlab berilganini, tilxatda körsatilgan 150 ming söm pulni öz vaqtida olganini tan oladi. Lekin S.Rahmonov allaqanday mantiqqa suyanib özining sözlariga özi qarşi çiqadi va bir gapni takrorlayveradi: «moşinam ta'mirlangan, 150 mingniyam olganman, lekin men bilmayman, otam biladi, MIB biladi. Bor da'voying bölsa ularga ayt...» (audioni tinglang). Uning sözlarini eşitarkansiz, vodiyçasiga aytganda gap bilan yengib yuboruvçi çapanilar esga tuşib ketadi.
H.Meliboyevning oilasi a'zolari S.Rahmonovning otasi yoniga boş urib borişadi: «aka, keling, bir joyning odamimiz. Uç yil oldin hammasini tinçitgan edik-ku, endi bunisi nimasi? Özi öğlimiz jöjabirday jon bölsa...». Bunday paytda murosa yölini özi körsatib, mojaroga çek qöyişi lozim bölgan, hozirda mahalla tizimida faol işlayotgan, bir vaqtlar viloyat sudida sudyalik qilgan ota ham şu gapni ma'qullaydi: «sud qaror çiqaribdimi, tölaysizlar-da!».
Endi bevosita sud qarori bilan tanişamiz. 2016 yil 28 iyun kuni bu iş sudya V.Madrahimov raisligida Qöqon tumanlararo sudida körib çiqiladi va bitta mahkamaning özidayoq şartta nuqta qöyib yuboriladi.
Yana bir muhim jihat: javobgar Meliboyev Husniddin Pölatjon öğli Buvayda tumani, Baçqir-guzar qişloğida yaşasa-da (ma'lumotnoma ilova qilinadi), Qöqon şahri, A.Navoiy mavzesi 33/25 manziliga çaqiruv qoğozi yuborilib, da'vogarning göyoki sudga kelmaganligi iş bir taraflama körib çiqilişiga asos qilib olinadi.
Yanada hayratga çömdirgani — da'vo summasi hajmiga köra da'vogar 2.030.000 söm davlat boji tölaşi lozim bölsa-da, bor-yöği 7.500 söm tölaydi va sud fuqarolik işi qözğataveradi.
Sudning qarorini töliq keltirişga hojat yöq, quyida ilova qilyapmiz. Lekin asosiy mazmunini ikki jumlada aytib ötamiz:
«Da'vo arizasi qanoatlantirilsin. Da'vogar S. Rahmonov foydasiga javobgar H.Meliboyevdan 150.000 söm asosiy qarz, 10.000.000 söm foizi, jami 10.150.000 söm undiriş, davlat foydasiga 2.030.000 söm davlat boji undirilsin». 150 ming ustiga 12 million söm! Qoyilmisiz? Hatto da'vogarning özi ham 10 million söramagan (ariza mavjud) bu mahkamadagi sudyaning himmatidan biz qoyil qoldik.
Sçyotçik yoqildi – 150 ming ustiga 10 million söm: sud qarorida aks etgan zamonaviy «reket»!
Sud deganlari odatda har ikki tomonni eşitişi, bordiyu bir taraf qaysidir sabab bilan sudda iştirok etmasa, sababini aniqlaşga urinişi, keyingi safar aynan belgilangan manzilga çaqiruv qoğozi borişini ta'minlaşi şart. Sud birdaniga bölib ötib ketişi şubhali, tomonlardan biri kelmasa, işni köriş odatda boşqa kunga qoldiriladi. Umuman hozirgi zamonda qoğoz şunçaki hujjatga tirkaş uçun, hammaning qölida telefon bor — bitta qönğiroq kifoya! Qolaversa, Buvayda ham Qöqondan uzoqqa qoçib ketgani yöq, da'vogar yoki vakillaridan biri istagan paytda javobgarni topib kelişi mumkin edi.
Xöp, boringki da'vogar ham, uning oila a'zolari ham qumga singigandek yöqolib ketişgan deylik, sud özi umumiy miqdori 150 ming söm qarzga (aslida qarz ham emas, bu haqda quyiroqda) qanday qilib har kuni (!) 100 ming sömdan foiz yozilişini köngil uçun ham sörab qöyişi, umumiy 10 million söm qayerdan çiqqanligini bildirişi va qarorga bu asosni ikki oğizda tirkab qöyişi kerak emasmidi?
Eng qiziği, sud işni da'vo predmetida undirilişi söralayotgan 150 ming söm va unga hisoblangan foizlar zarar yetkazganlik uçun javobgarlikning umumiy asoslari (Fuqarolik kodeksining 985-1004-moddalari)dan kelib çiqib emas, aksinça qarz şartnomasi (Fuqarolik kodeksining 732-735-moddalari) böyiça malakalagan.
Bir kulging keladi, bir yiğlaging... Fuqarolik kodeksining 732-moddasiga köra qarz şartnomasi böyiça bir taraf (qarz beruvçi) ikkinçi tarafga (qarz oluvçiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boşqa aşyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvçi esa qarz beruvçiga bir yöla yoki bölib-bölib, öşança summadagi pulni yoki qarzga olingan aşyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar aşyolarni (qarz summasini) qaytarib beriş majburiyatini oladi.
Endi bir öylab, xolisona fikr yuritib köring-çi, hikoyamiz qahramoni Husniddin Meliboyev fuqaroSarvar Rahmonovdan qarz olganmidi?...
Iş apellyatsiyada ham kassatsiyada ham körilmagan, çunki sud hal qiluv qarori çiqargani, uning ustidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida şikoyat kiritiş muddatlari ötib borayotganligidan javobgarning xabari yöq edi-da.
Faqatgina 2019 yilga kelib, X.Meliboyevning eşigi MIBçilar tomonidan taqillatilgandan söng bu «sir» foş böldi.
Keyinçalik bu qarorni bekor qiliş böyiça kiritilgan ariza 2019 yilning 27 mart kuni aynan öşa oldingi sudya Valiyor Madrahimovning özi tomonidan körib çiqilib, rad etiş töğrisida ajrim çiqariladi.
Husniddin Meliboyev ham har qança murosali bölmasin bu mablağni tölay olmasligini biladi va yon atrofga yuguradi. Yaxşiki apellyatsiya muddatlari ötib bölgan bu işning 3 yillik nazorat muddati ötmagan ekan va Oliy sudga kiritgan şikoyatida quyidagi haqli savollarni qöyadi:
1. Da'vogar Rahmonov Sarvar davlat boji sifatida öşa vaqtdagi stavka böyiça 20 foiz — 2.030.000 söm tölaşi lozim bölib, bor-yöği 7.500 söm tölagan bölsa-da, sud qay tarzda bu kamçilikka köz yumib da'vo arizani noqonuniy ravişda qabul qilib, fuqarolik işi qözğatgan?
2. Sud işni körişni 2016 yil 24 iyun kuniga tayinlab ajrim çiqargan bölib, keyinçalik böyab, 28 iyunga özgartirib qöyilgan (hujjat ilova qilinmoqda). Buning sababi nimada?
4. Sud tayinlagan 2016 yil 24 yöq, 28 (?) iyun kuni javobgar Meliboyev Husniddin sudga kelmagaç (qanday kelsin, Qöqonga yuborilgan çaqiruv qoğozini Buvaydaga yetkazib berişmagandir), javobgarni sudga kelişini ta'minlaş maqsadida boşqa kunga qoldiriş örniga, noqonuniy ravişda işni sirtdan körişga qaror qilganiga nima turtki bölgan?
5. Işni javobgar Meliboyev Husniddinning iştirokisiz körib, 150.000 söm qarz 3 oy ötkazib yuborilgani vaji bilan undan 10.150.000 söm va 2.030.000 söm davlat boji undiriş haqida fantastik qaror çiqargan. Vaholanki, bu summa qarz emas, balki YTH oqibatida yetkazilgan zarar hisoblanadi. Sud bu qadar «osmonöpar» foizlarni asoslab bera oladimi, 150 ming söm uçun kuniga 100 ming sömdan ustama undiriş mafiya gullagan töqsoninçi yillarni eslatib yubormayaptimi?
6. Eng muhimi, sud nega asosiy qarz deya malakalangan öşa 150 ming söm ham vaqtida uzilganini hisobga olmayapti?
Mayli, qaror çiqarilibdi ham. Lekin javobgar nega oradan 3 yil ötib, MIB xodimlari eşik qoqqanlaridan keyingina bundan xabar topgan? Şunça vaqt ötib ma'lum qilinişida öziga xos sabablar bölsa kerak. Oldin bu işlar bilan şuğullanişi lozim bölgan sud ijroçilari «zamonaviy sudxörlik» balqib turgan bu işga boş qöşişni özlariga ep körmagandirlar. Ammo bu orada MIB taşkil qilindi, har bir iş qat'iy nazoratga olindi va bu iş ham qalqib çiqdi.
«Xatga tuşding, ötga tuşding» deydilar. MIB xodimlari bu oilaga tegişli avtomaşinaga band qöyişadi, qarzni mol-mulkka qaratib yuborişadi. Şunda Husniddinning otasi Pölatjon aka yana murosa ilinjida eşik qoqib boradi, kamiga örtaga bir-ikkita obröli insonlar tuşişadi. «Mayli, öğlimiz aybdor bölsa sal yengillatib bering, balki bölib-bölib tölarmiz, axir bunça qarz aqlga siğmaydi-ku». Unib turgan tayyor pul kimga yoqmaydi, javob öşa-öşa – «MIB bilan gaplaşaver, mening işim yöq!».
Maqola xolis bölişi uçun har ikki tomonning fikri, dalillari muhim. Şu tamoyil asosida da'vogar Sarvar Rahmonovga qönğiroq qildik. Ammo u özimizni taniştirib, mavzuni aytişimiz bilanoq bu masalada gaplaşişdan boş tortdi (audio mavjud). Şunça suhbatga tortişga urinişimizga qaramay gapni qisqa qildi va şunday dedi – «men siz bilan gaplaşmayman, qarzi bormi, tölasin, gap tamom!».
Xullas, odamlari andişali, murakkab vaziyatlarda bosiq bölgan Qöqonu-Buvaydada ana şunday mojaro. Iş hududdan köçib çiqib Oliy sudda köriliş arafasida. Köramiz, bu safar qanday tus olarkin? Xulosa esa özingizdan.
Sönggi ma'lumotlarga qaraganda fuqarolik işlari böyiça Qöqon şahar sudi tomonidan mazkur iş qayta körilişi böyiça ajrim çiqarilgan. Ammo bu ajrim Husniddin Meliboyevning bandda turgan avtomaşinasini olib çiqib foydalaniş huquqini bermagan. Eng qiziği, yangi sud jarayonida yetkazilgan 150 ming zarar (qarz emas!) uçun oldingi qaror kabi 2-3 oyga 10 mln söm emas, balki ötgan 3 yilga yuqoridagi tartibda foiz hisoblaş masalasi körilişi rejalaştirilgan! Ammo bu ma'lumotlar hali tasdiğini topgani yöq. Demak qiziqiş bilan kuzatişda davom etamiz.