Sud raisi 2020 yilning 22 sentyabrida rasmiy xatga ilova qilgan holda «Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti kuşandasi» sarlavhali maqola jönatgan. Ammo tahririyat mazkur maqolani çop etmagan. Eng qiziği, sud raisi rasmiy xatida qöşimça eslatmalarsiz (!) maqolasi gazetada çop etilganidan söng sudga 1 nusxa jönatişni söragan.

Ma'lumot uçun: “Uçquduq” gazetasining muassisi Uçquduq tuman hokimligi hisoblanadi.
Sud raisi xuddi şu mazmundagi rasmiy xat bilan 2020 yilning 8 oktyabrida «Sud-huquq tizimini yanada takomillaştiriş yölida muhim qadam» sarlavhali navbatdagi maqolani jönatadi. Ammo bu xat tahririyatga yetib kelmaydi. Uşbu xatning bir nusxasiga imzo qöyib olgan G.Karimov ismli şaxs tahririyatda işlamasligi ma'lum böladi.

«Işlari yurişmagan» sud raisi joriy yilning 4 fevralida tahririyatga tahdidli xat jönatadi. Xurşid Tursunov uşbu xatida sudning murojaatlariga tahririyat tomonidan yozma ma'lumot taqdim etilmaganini ta'kidlaydi.

«Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisida»gi kodeksning 43-moddasiga asosan, jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini körib çiqiş muddatlarini uzrli sabablarsiz buziş, yozma yoxud elektron şaklda javob yubormaslik mansabdor şaxslarga bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravaridan uç baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab bölişi belgilangan.
Yuqoridagilarga asosan, iqtisodiy sud tomonidan 08.10.2020 yil va 22.09.2020 yilda yuborilgan xatlar ijrosini ta'minlaş böyiça tegişli çoralar körib, qilingan işlar yuzasidan sudga yozma ravişda ma'lumot taqdim etişingizni sörayman. Aks holda, qonunçilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiş masalasini körib çiqiş töğrisida ogohlantiraman», — deyiladi sud raisi xatida.
Şu örinda «Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida»gi qonunning 1-moddasidagi «qonunning amal qilişi davlat organlarining, şuningdek, ular tarkibiy bölinmalarining özaro yozişmalariga nisbatan tatbiq etilmaydi» degan qoida sud raisining e'tiboridan çetda qolgan körinadi.















