Xorazm viloyatida fuqaro sudyaning qöpol xatosi tufayli 8 oy jazoni ijro etiş muassasasida asossiz saqlangani aniqlandi. Kun.uz bunga sabab bölgan taftiş instansiyasi ajrimini örgandi.

Ma’lum bölişiça, fuqaro Rustam Xöjaniyozov va boşqalar (jami 4 kişi) bir neçta epizodda savdo dökoni oldida turgan yoğ mahsulotlarini öğirlaganlikda ayblangan. Ularning barçasi 2023 yil oktyabr oyida uşlanib, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.

Iş sudga çiqqan. Jinoyat işlari böyiça Urganç şahar sudining 2024 yil 29 martdagi hukmi bilan Rustam Xöjaniyozov Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (öğrilik takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilişi) bilan aybli deb topilgan. Unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.  

Xorazm viloyati sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2024 yil 3 maydagi ajrimi bilan birinçi instansiya sudi hukmi özgarişsiz qoldirilgan.

Jinoyat işi Xorazm viloyati sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati taftiş instansiyasida körib çiqilgan. Taftiş instansiyasining 2024 yil 22 iyuldagi ajrimi bilan birinçi instansiya sudi hukmining Rustam Xöjaniyozovga oid qismi özgartirilgan. Ya’ni Rustam Xöjaniyozov Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan qöyilgan ayblov epizodlarida qayd etilgan jinoyatni sodir etganlikda aybsiz deb topilgan. Uşbu ayblov epizodlari yuzasidan Rustam Xöjaniyozovning harakatlarida jinoyat tarkibi yöqligi munosabati bilan u oqlangan hamda jinoyat işining şu qismi tugatilgan.

Ajrimda Rustam Xöjaniyozovni MJtKning 61-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortiş masalasi böyiça tegişli hujjatlar IIBga yuborilişi belgilangan. Biroq taftiş instansiyasi ajrimida Rustam Xöjaniyozovga nisbatan qöllangan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini bekor qilib, uni jazoni ijro etiş muassasasidan darhol ozod qiliş yozilmay qolgan. Buning oqibatida Rustam Xöjaniyozov asossiz ravişda jazoni ijro etiş muassasasida 207 kun saqlangan.

Oqlanganini Rustam Xöjaniyozovning na özi, na yaqinlari bilmagan. Çunki ajrimda sudlov hay’ati uning şikoyatidagi ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlaş haqidagi vajlari bilan kelişmasligi keltirilgan hamda şikoyatni qanoatlantiriş rad etilgan.

Sudyalar Oliy kengaşi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, holat yuzasidan xizmat tekşiruvi ötkazilgan hamda sudyaning uşbu xatosi öz tasdiğini topgan. Işni taftiş instansiyasida körgan 3 nafar sudyaga nisbatan xayfsan intizomiy jazo çorasi qöllangan. Işni körişda raislik qilgan Uluğbek Bakdurdiyev prezidentning 2025 yil 23 iyundagi farmoyişi bilan yozma arizasiga asosan Xorazm viloyat sudi raisining örinbosari – jinoyat işlar böyiça sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod