Karib dengizida joylaşgan Barbados orol-davlati öz konstitutsiyasiga Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II’ni orolning hukmdori maqomidan mahrum etuvçi tuzatmani kiritdi. Endilikda orol konstitutsion monarxiyadan parlament respublikasiga aylanadi.

Bu Barbadosning Britaniyadan mustaqilligining 55 yilligi kuni – 30 noyabrda yuz beradi. Orol boş vaziri Mia Mottlining ta'kidlaşiça, parlament “puxta öylangan qaror”ni qabul qilgan. Bu tuzatma böyiça muzokaralar 1998 yildan buyon olib borilgan.

“Özgarişlar rivojlanişimizning keyingi bosqiçiga ötişimizga va Barbados xalqiga dunyoga biz özimizga işonişimiz hamda kimligimiz va qilayotgan işimiz uçun töliq javobgar ekanimizni aytiş imkonini beradi”, deb ta'kidlab ötgan Mottli. 

Mamlakatda hokimiyat şaklini özgartirişda konstitutsiyaning Britaniya qiroliçasiga tegişli bandidan boşqalarini özgartirişga zarurat bölmaydi. Ikkinçi qadam mamlakat tarixida birinçi prezident saylovlari ötkazilişi böladi. 

Barbados 1627 yildan Britaniya mustamlakasi bölgan va 1966 yilda mustaqillikka erişgan. Mamlakat rahbari Britaniya qiroliçasi hisoblangan. 

Orol-davlat Karib dengizining şarqida joylaşgan bölib, unda 300 mingga yaqin aholi yaşaydi. 

Yaqinda Şotlandiya rahbariyati ham Britaniyadan mustaqil böliş haqida yana gapira boşladi. Mamlakat boş vaziri Nikola Sterjyen bu masalaga koronavirus pandemiyasidan keyin yana qaytilişini aytgan.