Yangi respublika mamlakat poytaxti Brijtaunda, mustaqillikning 55 yilligi nishonlanayotgan kunda e'lon qilindi. Barbados 1966 yilda Londondan to‘liq siyosiy mustaqillikka ega bo‘lgan, ammo konstitutsion monarxiya shaklida qolgan, shu bois shu kunga qadar Britaniya qirolichasi davlat rahbari hisoblanardi.

Barbados bayrog‘i. GETTY IMAGES

"Bu respublikaning tashkil topishi yangi hayot boshlanishini bildiradi. O‘tmishning eng qora kunlari va tariximizga bir umrga dog‘ tushirgan quldorlikning dahshatli jinoyatlaridan so‘ng Barbados xalqi g‘ayrioddiy iroda bilan o‘z yo‘lini qurmoqda", - dedi shahzoda Charlz marosim vaqtida.

Britaniyaning Barbadosdagi birinchi koloniyasi 1627 yilda paydo bo‘lgan. Orolga 200 yil davomida Afrikadan 600 ming nafar qul keltirilgan, ular shakarqamish plantatsiyalarida mehnat qilib, ingliz xo‘jayinlariga katta daromad keltirgan. Bundan tashqari, Barbados transatlantikaviy qul savdosi uchun yirik transport bog‘lamasi bo‘lib qolgan. 1834 yilga kelibgina orolda quldorlik taqiqlangan.

Marosim nihoyasida Britaniya monarxiyasi mushakbozlik bilan kuzatib qo‘yildi, qirollik shtandarti tushirildi. Respublika e'lon qilinishini qirolicha Yelizaveta II’ning o‘zi ham qutladi  - u o‘z tabrigida orol xalqiga "o‘zining iliq va eng yaxshi" tilaklarini bildirdi va farovonlik tiladi.

2018 yildan buyon Barbados general-gubernatori bo‘lgan, oktyabrda parlament deputatlari tomonidan prezident etib saylangan 72 yoshli yangi davlat rahbari Sandra Meyson qasamyod qabul qildi.

"Barbados kemasi ilk safariga otlandi. U barcha noxushliklarni chetlab o‘tsin hamda mamlakatimiz va fuqarolarimizni oldimizda turgan yangi ufqlarga eson-omon olib borsin", dedi Meyson xonim.

Rianna Barbadosni respublika deb e'lon qilish marosimida. PA MEDIA

Bundan tashqari, marosimda shu orolda tug‘ilgan xonanda Rianna ishtirok etdi. U 2018 yilda Barbadosning favqulodda va muxtor elchisi bo‘lgan, seshanbaga o‘tar kechasi esa bosh vazir Mia Mottli uni milliy qahramon deb atadi.

Chalkash tuyg‘ular