Afğoniston hukumati raisi örinbosari mulla Abdulğani Birodar Turkiyani Afğonistonni tiklaş va rivojlantiriş loyihalarini amalga oşirişda iştirok etişga çaqirdi.

U bu haqda Kobulda Turkiya elçisi Jihod Erginoy bilan uçraşuv davomida aytgan.

“Birodar ikki davlat örtasidagi ijobiy munosabatlar saqlanib qolganini ta'kidladi va Turkiyani Afğonistonni tiklaş va rivojlantiriş loyihalarini amalga oşirişda iştirok etişga çaqirdi”, deyiladi Afğoniston Islom Amirligining tvitter sahifasidagi xabarda.

Öz navbatida, Turkiya elçisi uning mamlakati “Afğonistonda barqarorlik örnatilişini kutayotgani va turli sohalardagi hamkorlikka tayyorligi”ni ta'kidladi.

1TV telekanalining xabar berişiça, u çorşanba kuni savdo va sanoat vaziri Nuriddin Aziziy bilan muzokaralar ötkazgan.