Zilzila öz markazidagi silkinişlar jadalligi böyiça “vayronkor” deb baholangan.
Ma'lumotlarga köra, zilzila Toşkent vaqti bilan soat 03:01da qayd qilingan. Uning markazi Kvetta şahridan 100 km uzoqlikda, öçoği esa 10 km çuqurlikda bölgan. Tabiiy ofat oqibatida yuzdan ortiq uylar vayron bölgan, köplariga, jumladan hukumat binolariga zarar yetgan. Zilzila kuçi viloyatdagi köplab şaharlarda sezilgan.
Hozirda hukumat zilzila oqibatida yetkazilgan zararni baholaş bilan şuğullanmoqda. Ta'kidlanişiça, qurbonlar soni oşişi mumkin.












