Özbekistonning Pokistondagi elçisi Alişer Töxtayev Metrocon quriliş kompaniyasi taʼsisçisi Abdul Qodir bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda 11-noyabr kuni «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Muzokaralarda Yangi Toşkent şahrini barpo etiş loyihasiga Pokiston investitsiyalarini jalb qiliş va quriliş sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Özbekiston elçisi xorijiy investorlar uçun yaratilgan şaroitlar, yer uçastkalarini ajratiş mexanizmlari, investitsiya loyihalarini amalga oşiriş tartibi va mavjud imtiyozlar haqida maʼlumot berdi.
Xususan, Metrocon kompaniyasiga Yangi Toşkentda quyidagi yönalişlarda investitsiya loyihalarini amalga oşiriş taklif qilindi:
Avtomobil yöllari va köpriklar quriş;
Zamonaviy transport infratuzilmasini rivojlantiriş;
Suv taʼminoti va oqova suv tarmoqlarini barpo etiş;
Turar-joy majmualari va mehmonxonalar quriş;
Savdo va tijorat obyektlarini taşkil etiş.
Kompaniya taʼsisçisi Abdul Qodir Yangi Toşkent kabi strategik ahamiyatga ega yirik loyihada iştirok etişdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Uning taʼkidlaşiça, Metrocon hamkorlik imkoniyatlarini batafsil örganib, Özbekiston tomoniga aniq investitsiyaviy va amaliy takliflar taqdim etadi.
Muzokaralar yakunida Pokiston kompaniyasi delegatsiyasining Özbekistonga taşrifini taşkil etişga kelişib olindi.
Taşrif davomida delegatsiya Özbekistonning tegişli vazirlik va idoralari hamda Yangi Toşkent şahrini barpo etiş direksiyasi rahbariyati bilan uçraşuvlar ötkazişi rejalaştirilmoqda.
Hozirça kompaniyaning aniq investitsiya miqdori va quriliş işlarini boşlaş muddati eʼlon qilinmagan.













