Bu masala 8-noyabr kuni Islomobodda Özbekiston elçisi Alişer Töxtayev va Pokiston Maxsus investitsiyalarga kömaklaşiş kengaşi (SIFC) boş direktori Sajid Amin örtasidagi uçraşuvda muhokama qilindi, deb xabar berdi «Dunyo» axborot agentligi.
Muzokaralarda Pokiston Taşqi işlar vazirligi, SIFC'ning investitsiya va sanoat loyihalariga masʼul vakillari hamda boşqa mutasaddi taşkilotlar rahbarlari iştirok etdi.
Asosiy eʼtibor ikki davlat örtasidagi anʼanaviy transport yölagining yopilişi oqibatida yuzaga kelgan savdo muammolariga qaratildi. Mazkur çeklovlar natijasida özaro savdo hajmi keskin qisqargani taʼkidlandi.
Muammoni hal etiş uçun Pokistonning Peşovar–Torxam yönalişidan Afğoniston hududi orqali Özbekistonning Termiz şahrigaça maxsus savdo-tranzit koridorini taşkil etiş taklif qilindi.
Taşabbusga köra, uşbu yölak orqali yuk taşiş alohida nazorat mexanizmlari asosida amalga oşirilişi mumkin.
Pokiston tomoni amaldagi transport çeklovlari xavfsizlik bilan boğliq vaziyat tufayli joriy etilganini bildirib, Özbekistonning maxsus tranzit koridorini taşkil etiş taklifini maqbul deb baholadi.
Taşabbusni amaliy jihatdan körib çiqiş uçun Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Transport vazirligi hamda Pokistonning tegişli idoralari iştirokida onlayn muzokaralar ötkaziş taklif etildi.
Uçraşuvda Yangi Toşkent loyihasiga Pokistonning yirik quriliş kompaniyalarini jalb etiş masalasi ham kötarildi.
Pokiston tomoniga Yangi Toşkentning investitsiyaviy imkoniyatlari va xorijiy sarmoyadorlar uçun yaratilgan şaroitlar taqdim etildi.
SIFC rahbariyati moliyaviy salohiyatga ega va işonçli Pokiston kompaniyalarini uşbu loyihaga jalb etişda amaliy yordam körsatişga tayyorligini bildirdi.
Şuningdek, 2026-yilda Toşkentda ötkazilişi rejalaştirilgan «Yangi Özbekiston global bozorlar çorrahasida» xalqaro biznes-forumida Pokiston işbilarmon doiralari iştirokini taʼminlaş masalasi muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida Pokiston hududida Özbekiston kompaniyalarining işlab çiqariş va logistika obyektlarini taşkil etiş imkoniyatlari ham körib çiqildi.








