8 oktyabr kuni Rossiyaning Amur viloyati Blagoveşensk şahri yaqinida qurilayotgan gazni qayta işlaş zavodida yonğin sodir böldi.
Viloyat prokuraturasi axborotiga köra, zavoddagi qurilma germetizatsiyasiga putur yetgan, natijada gaz sizib çiqişi yonğinni keltirib çiqargan.
Ma'lum qilinişiça, yonğindan jabrlanganlar yöq, hodisa vaqtida yonğinni öçiriş avtomatik tizimi işga tuşgan. Şunday bölsa-da, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan olov zavod qurilmalarining bir neçtasini qamrab olganini köriş mumkin.
Zavodda quriliş işlarida qatnaşayotgan özbekistonlik muhojirning Kun.uz'ga xabar berişiça, yonğin natijasida zavodda vahima kötarilgan va barça işçilar zavodni tark etişga tuşgan. Uning qöşimça qilişiça, zavod gaz mahsulotini Xitoyga eksport qilişga möljallangan hamda qurilişda işlayotgan özbek muhojirlari köpçilikni taşkil etadi.
Yana bir özbekistonlik muhojirning ta'kidlaşiça, yonğin oqibatida jabrlanganlar va halok bölganlar ham bor bölib, ularning soni hozirça aniq emas.
Amur viloyati prokuraturasi zavodda sanoat va yonğin xavfsizligi böyiça qonunçilik talablariga rioya qilinganini örganmoqda.











