“Bir vaqtlar yaxşi paxta terganga bitta gilam berilardi, rais bir marta oş qilib berardi. Hozir men prezident bölib, paxta terişda kilosiga neça pul berilayotganini bilmayman. Kerak bölsa 3 ming sömdan berib terdirsin. Çunki paxtani manfaat yetiştiryapti. Terimçida ham manfaat bölmasa, termasin! Uni heç kim majburlamaydi.
Mana, Andijon eksportda 1 mlrd dollarlik natijaga erişyapti. Surxondaryoning nima kamçiligi bor? Xafa bölmasangiz bir gap aytaman – Andijon bugun sizlardan 10 yilga ilgarilab ketgan. Lekin u yerda imkoniyatlar kam – 1 ga 10, ya'ni yerning 1 foizi, aholining 10 foizi Andijonda.
Andijonda men professorlar bilan gaplaşdim, “oldin 2 mln söm oylik olardim, hozir 12 mln söm olyapman, mendan har qança talab qilsangiz arziydi” deyişyapti. Surxondaryoning ham domlalari maoşi oşdi. Endi bolalarimizning bilimi oşişini talab qilsak böladimi, yöqmi? Böladi! Çunki Surxon farzandlari ham mening farzandlarim, ular yomon yaşaşlari mumkin emas. Közlari yonib turişi şart”, deya Şavkat Mirziyoyevning sözlaridan iqtibos keltirdi Kun.uz muxbiri.
«Men prezident bölib, paxtaga qança pul berilayotganini bilmayman, kerak bölsa 3 mingdan berib terdirsin» – Şavkat Mirziyoyev
Amaldagi prezident Şavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyati saylovçilari bilan uçraşuvda paxta mavzusida gapirib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.












