“Buning evaziga oilaviy poliklinikalar va şifokorlik punktlarida qon bosimi va qandli diabet davolaş uçun dori vositalari bepul beriladi, 765 ming nafar bolalar va 62 ming homilador ayollar 7 turdagi vitaminlar bilan bepul ta'minlanadi, zarur uskunalar bilan jihozlanib, kasalliklarni barvaqt aniqlaş yölga qöyiladi, har bir fuqaroning elektron tibbiy kartasi yuritilib, ular bilan manzilli işlaş taşkil etiladi.
Şuningdek, 24 ta oilaviy şifokorlik punktlari va 4 ta oilaviy poliklinika yangi oçiladi, 89 ta tibbiyot muassasalari töliq qayta ta'mirlanadi.
Şifoxonalarda amalga oşiriladigan davolaş turlari soni 130 tadan 168 tagaça oşiriladi. Jumladan, har bir tuman va şahar kasalxonalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlanib, 20 turdagi eng köp uçraydigan operatsiyalarni kam-invaziv usulida amalga oşiriş yölga qöyiladi.
Şuningdek, Sariosiyo, Şerobod va Denovda jarohatlar va ötkir qon-tomir kasalliklari markazlari işga tuşiriladi. Uzun, Oltinsoy, Şörçi, Denov va Sariosiyo tumanlariga tibbiy xizmat körsatadigan 150 örinli mintaqaviy bolalar şifoxonasi barpo etiladi. Denov, Boysun, Şerobod va Qumqörğonda perinatal markazlar taşkil qilinadi.
Tuğma va orttirilgan yurak nuqsoni bilan 5 ming nafar, infarkt bilan 11 ming nafar, jarrohlikka muhtoj bemorlarni davolaş uçun kardioxirurgiya amaliyoti yölga qöyiladi. Buning uçun viloyat köptarmoqli tibbiyot markazini jihozlaşga 2 million dollar ajratiladi.
Kadrlar muammosi hal qiliş maqsadida olis qişloqlarga boradigan şifokorlarni qöllab-quvvatlaş dasturi davom ettiriladi va bunga qöşimça 20 milliard söm ajratiladi. Viloyat kardiologiya markazida barça zamonaviy operatsiyalarni amalga oşirişga imkon beradigan yangi korpus barpo etiladi va bu yerda barça oğir jarrohlik amaliyotlari bajariladi.
Xabaringiz bor, qator yillar davomida paydo bölgan muammoni hal qiliş maqsadida 2018 yilda Toşkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali taşkil qilingan edi. Tibbiyot sohasida kadrlar ta'minotini yaxşilaş maqsadida, xorijiy hamkor oliygohni jalb etib, uşbu filialning alohida mustaqil institut sifatida faoliyati yölga qöyiladi. Unga bir ming örinli öquv binosi va köp tarmoqli klinika barpo etiladi hamda zamonaviy uskunalar bilan ta'minlanadi”, dedi amaldagi prezident.
Surxondaryo birlamçi tibbiy xizmatiga budjetdan ajratiladigan mablağ ikki barobar oşiriladi
Kelgusi 5 yilda Surxondaryo viloyatining birlamçi tibbiy xizmat sohasiga davlat budjetidan ajratiladigan mablağlar ikki barobar oşiriladi. Bu haqda Şavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.












