“Viloyatda maktabgaça ta'lim bilan qamrab oliş darajasi 62 foizga yetkaziladi. Buning uçun 40 ta davlat va 38 ta xususiy, 1 mingta oilaviy boğçalar taşkil etiladi.
Koson va Şahrisabz pedagogika kollejlari bazasida “Maktabgaça ta'lim klasteri” faoliyati yölga qöyiladi. Bunga Qarşi davlat universiteti va Pedagogika instituti boş-qoş böladi. Qaşqadaryoning olis va toğli hududlaridagi barça farzandlarimiz maktabgaça ta'lim bilan qamrab olinadi.
Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Mirişkor, Qamaşi, Çiroqçi, Nişon, Yakkaboğ va Ğuzorda boğça tölovi miqdori 2 barobarga kamaytiriladi. Umuman, viloyatda maktabgaça ta'limni rivojlantirişga 1 trillion sömdan ziyod mablağlar yönaltiriladi.
Viloyatda 101 ta maktab 3 smenada işlaydi, 380 ta maktabda sport zal yöq, 809 ta maktab toza içimlik suvi, 169 ta maktab zamonaviy isitiş tizimi bilan ta'minlanmagan. Kelgusi beş yilda 22 ta yangi maktab quriladi, 400 tasi töliq ta'mirlanadi. Natijada, 140 mingta qöşimça öquvçi örni yaratiladi.
Viloyatdagi 10 ming örta maxsus ma'lumotli muallimlarga oliygohlarda öqiş uçun kvota ajratiladi”, dedi prezidentlikka nomzod.











