“Har yili 16 mingdan ziyod yangi oila qurilmoqda. Şu bois, kelgusi beş yilda 20 mingdan ortiq xonadonli uy-joylar quriladi.
Joriy yildan boşlab, “Boğdod tajribasi” asosida uy-joylar, işlab çiqariş, sanoat va ijtimoiy infrastruktura obektlarini öz içiga olgan Yangi Özbekiston massivlari barpo etiladi. Birinçi bosqiçda viloyatning Ğijduvon va Buxoro tumanlarida, ikkinçi bosqiçda Romitan, Vobkent, Kogon va Qoraköl tumanlarida qurilişlar amalga oşiriladi. Bunda ehtiyojmand oilalarga boşlanğiç va foiz tölovlari uçun, yiliga 120 milliard söm subsidiya ajratiladi.
Buxoro şahri hududi atrof tumanlari hisobidan 3,5 ming gektarga kengayadi. Viloyatdagi 620 ta köp kvartirali uylar ta'mirlanadi va şu orqali 146 ming nafar aholining turmuş şaroiti yaxşilanadi.
Buxoro uçun eng dolzarb bölgan aholini markazlaşgan toza içimlik suvi bilan ta'minlaş qamrovi hozirgi 62 foizdan kamida 90 foizga yetkaziladi. Bunga 600 million dollar jalb qilinib, 2 ming kilometr içimlik suvi, 600 kilometr kanalizatsiya tarmoği, 110 ta suv inşootlari quriladi va ta'mirlanadi. Eng muhimi, 700 mingdan ziyod aholi ilk bor toza içimlik suvi bilan ta'minlanadi, 165 mingdan ziyod aholining oqova suv xizmatini yaxşilaşga erişiladi.
Buxoro viloyati aholisi murojaatlari içida yöllarni ta'mirlaş masalasi eng dolzarb örinlarda turadi. Şu bois, keyingi beş yilda 3,5 ming kilometr avtomobil yöllari va içki köçalar, 412 ta köprikni quriş-ta'mirlaş uçun qariyb 3,5 trillion söm yönaltiriladi.
Şuningdek, 6 ming kilometr elektr tarmoqlari va 1,5 ming dona transformator yangidan quriladi va ta'mirlanib, 334 ta mahalla aholisining elektr ta'minoti yaxşilanadi. Bu ötgan beş yilga nisbatan ikki barobar köp.
“Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida kelgusi beş yilda 130 ta qişloq va mahallada keng kölamli obodonlaştiriş va quriliş-ta'mirlaş işlari bajarilib, bunga 1,2 trillion söm mablağ yönaltiriladi”, dedi prezidentlikka nomzod.












