Buxoro viloyati Romitan tumanida «Zakovat» breyn-ring intellektual musobaqasining respublika final bosqiçi ötkazilmoqda. Toşkent-2 jamoasi safida musobaqalarda iştirok etgan maşhur zakovatçi Furqat Qurbonov bilan kiçik intervyu uyuştirdik.

Furqat Qurbonovning aytişiça, ilmga bu tariqa turtki beriş öz samarasini beradi. Uni rağbatlantiriş esa yoşlar orasida ilmlilar köpayişiga yordam beradi. Taniqli bilimdon zakovat ligasidagi professional öyinlar va breyn-ring musobaqalari örtasidagi farqlarni sanar ekan zakovatda asosan bilim zarurligi, breyn-ringda esa tezlik va omadning ham örni kattaligini aytdi. «Masalan, tugmani tez bosişga ham köp narsa boğliq», deydi u.

Furqat Qurbonov özbekistonlik yoşlar bejiz çet elda yaxşi joylarda işlamayotgani, oramizda universal bilimga ega kuçli yoşlar köpligi ta'kidladi. Jamoasi haqida gapirar ekan maşhur bilimdon uni özi faoliyat yuritadigan iqtisodiy rivojlaniş va kambağallikni qisqartiriş vazirligidagi yoşlardan tuzganini aytdi.

Suhbatdoşimiz ilm kelajakda dunyo rivojida öz örnini topişi haqidagi uşbu iqtibos bilan sözini yakunlandi: «Hali kitob öqiganlar kitob öqimaganlarni boşqaradi».

Ötkir Jalolxonov suhbatlaşdi,
Montaj ustasi — Faxriddin Xotamov.