Buxoro viloyati Romitan tumanida joylaşgan «Bukhara Desert Oasis» ekoturizm markazida «Zakovat» breyn-ring intellektual öyini respublika bosqiçining grand final öyini ötkazildi. Barça raqiblarini mağlub etib finalgaça yetib kelgan Xorazm va Navoiy jamoalari hal qiluvçi öyinda kuç sinaşdi. Musobaqa davomida asosiy favorit Toşkent jamoasini yenggan tajribali Xorazm jamoasi ğalaba qozondi.

Final öyini ikki raunddan iborat böldi. Har ikki raundda bilimdonlarga 10 tadan savol berildi. Birinçi raundda Xorazm 4:3 hisobida ğalaba qozondi. Ikkinçi raundda ham hisob Xorazm foydasiga 5:1 böldi. Şu tariqa Xorazm işonçli tarzda ğalaba qozondi.

Xorazm jamoasining har bir a'zosi bittadan Chevrolet Gentra avtomobili bilan taqdirlanadigan böldi. Final öyinida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham qatnaşdi.

Foto: «Zakovat» klubi
Klub homiysi Komil Allamjonov çempion "Xorazm" jamoasi a'zolari bilan
Foto: Komil Allamjonov
Foto: «Zakovat» klubi

«Zakovat» breyn-ring intellektual öyini respublika bosqiçiga barça viloyatlarning 13 çempioni va eng yaxşi ikkinçi örinni qölga kiritgan 3 jamoa yetib kelgandi. 16 jamoa qur'a yordamida pley-off juftliklariga ajratildi. Yengilgan jamoalar musobaqani tark etaverdi va şu tariqa eng sara ikki jamoa finalga çiqdi.

Oldinroq öz viloyatidagi hududiy musobaqada ğolib bölgan 13 jamoa 100 million sömdan mukofot pulini qölga kiritgandi. Barça viloyatlarda ikkinçi örinni qölga kiritganlar 20 million söm, uçinçi örin sohiblari 10 milliondan mukofot olişdi.

Foto: «Zakovat» klubi