Duterte aholiga murojaatida şaxsan özi uşbu kampaniyaga yetakçilik qilişini aytgan.
“Köpçilik hanuzgaça emlanişni istamayapti. Bu ularning muammosi. Öz qişloqlaringizda şundaylarni toping va biz ularni emlaş uçun uylariga boramiz. Keling, bundaylarning uylariga kirib, ularni uxlayotganlarida emlaymiz. Men şaxsan özim uşbu taşabbusga boşçilik qilaman”, deb aytgan Duterte.
Şu bilan birga, siyosatçi mamlakatning aksariyat aholisi hanuzgaça emlanmaganida özi ham aybdor bölişi mumkinligini tan olgan. Uning ta'kidlaşiça, 2021 yil boşida vaksinalar yetişmaganida uning aybi bor.
Bu orada mamlakat soğliqni saqlaş vazirligi emlaniş majburiy emasligini, emlaş fuqarolarning roziligi bilan ötişi kerakligini bir neça marotaba ta'kidlab ötgan.
Filippinda aholini koronavirusga qarşi ommaviy emlaş 1 martdan boşlangan. Mamlakatda 8 ta vaksina emlaş uçun ma'qullangan.
Aholisi 110 mln kişidan iborat Filippinda ayni vaqtda 23 mln fuqaro koronavirusga qarşi töliq emlangan. Dutertening ta'kidlaşiça, mamlakatda emlaş sur'atlari past darajada. U joriy yil oxirigaça 70 mlndan köproq fuqaro emlanişi kerakligini aytgan.
Duterte bu maqsadga erişiş uçun keskin çoralarni taklif qilmoqda. Jumladan, u vaksinaga qarşilarga hibsga oliş bilan pöpisa qilgan va kuç tuzilmalariga karantin çeklovlariga qarşilarni öqqa tutişga ruxsat bergan. Iyunda u koronavirusga çalinganini bila turib karantin qoidalariga bepisandlik qiluvçilarga qotillik sodir etiş ayblovi qöyilişi mumkinligini aytgan.












