Hujjatga köra, profilaktik emlaş Boş davlat sanitariya vraçining qarori asosida joriy etiladi.
Profilaktik emlaşni joriy etişga yuqumli kasallikning hududda aniqlanişi, kasallikning keng tarqalişi yoki ayrim guruhlarga yuqişi asos böladi.
Emlaş birinçi navbatda kasallikni yuqtiriş yoki boşqalarga yuqtiriş xavfi yuqori bölgan şaxslar, kasallik öçoğida bemor bilan muloqotda bölganlar hamda epidemiologik körsatma böyiça emlanişi lozim bölgan şaxslardan boşlanadi.
Profilaktik emlaş davlat röyxatidan ötkazilgan va tibbiyotda qöllanilişiga ruxsat etilgan vaksina bilan amalga oşiriladi.
Profilaktik emlaşda şaxs tibbiy körikdan ötkazilib, vaksinaga sezuvçanlik, ilgarigi oğir allergik reaksiya va boşqa qarşi körsatmalar mavjudligi aniqlanadi.
Şaxsga vaksina va uning ehtimoliy taʼsiri, emlaşdan keyingi kuzatuv hamda emlaşni rad etişning huquqiy oqibatlari haqida maʼlumot beriladi.
Profilaktik emlangan har bir şaxs töğrisidagi maʼlumotlar emlaş ötkazilgan zahoti Yagona tibbiyot axborot tizimiga kiritiladi.
Profilaktik emlangan şaxs dastlabki 30 daqiqa tibbiyot xodimi, keyingi 3 kun davomida esa şifokor va patronaj hamşira kuzatuvida böladi.













