Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari orqali elektron raqamli imzo beriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi qarori muhokamasi davom etmoqda.
Uşbu qaror Özbekiston Respublikasi prezidentining 2021 yil 24 iyuldagi “Davlat xizmatlari körsatiş infratuzilmasini takomillaştiriş va aholining davlat xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF–6269-sonli farmoni ijrosini ta'minlaş yuzasidan qabul qilinmoqda.
Farmonning 3-bandida Özbekiston Respublikasi Adliya, Moliya, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş hamda hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirliklarining 2021 yil 1 dekabrdan boşlab çet elda doimiy yaşovçi Özbekiston Respublikasi fuqarolari, şuningdek, xorijiy jismoniy va yuridik şaxslar hamda fuqaroligi bölmagan şaxslarga elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini Özbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan beriş orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalaniş imkonini yaratiş taklifi qöllab-quvvatlangan. Farmon ijrosini muhokama qilib boriş, ijro uçun mas'ul idoralar faoliyatini muvofiqlaştiriş va nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov zimmasiga yuklangan edi.
Hukumat qarori Özbekiston Respublikasining davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, tijorat banklari tomonidan körsatiladigan barça turdagi xizmatlardan erkin foydalanişni ta'minlaydigan elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berişni joriy qiliş maqsadida qabul qilinişi közda tutilgan.
Qaror matni bilan Özbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari orqali elektron raqamli imzo beriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanmoqda.
Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi va Davlat soliq qömitasi xorijda bölib turgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari, şuningdek xorijiy jismoniy va yuridik şaxslar hamda fuqaroligi bölmagan şaxslarga elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini Özbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalarining konsullik bölimlari va konsullik muassasalari tomonidan beriş maqsadida axborot almaşinuvi elektron tizimi uyğunlaşuvini amalga oşirişadi.
Tasdiqlanayotgan nizomga köra konsullik muassasasining mansabdor şaxsi talabgor nomidan elektron şakldagi sörovnomani töldiradi hamda talabgor tomonidan imzolanişini ta'minlaydi.











