18 aprel kuni AOKAda ötkazilgan brifingda Davlat soliq qömitasi boşqarma boşliği Muzaffar Nazarov uşbu savolga javob berdi.

Ma'lum qilinişiça, elektron raqamli imzo (ERI) kalitini yangilaşning masofaviy onlayn şakli yölga qöyilgan.

“Biznesni röyxatdan ötkaziş, eksport-import şartnomalarini tuziş, hisobotlarni topşiriş, şartnoma va bitimlar tuziş, elektron hisobvaraq-fakturalar kabi xizmatlardan uydan turib foydalaniş uçun elektron raqamli imzo talab etilişi yaxşi ma'lum. Bu rasmiylaştiriladigan hujjatlarning qonuniyligini ta'minlaydi.

Ammo şu kunlarda Davlat xizmatlari markazi tomonidan jismoniy va yuridik şaxslarga berilgan elektron raqamli imzo sertifikatining amal qiliş muddati tugagan yoki tugaydi. Davlat soliq qömitasi elektron raqamli imzo kalitini internet orqali real vaqt rejimida oliş imkoniyatini işga tuşirgan.

Buning uçun e-imzo.uz saytidagi şaxsiy kabinetga eski kalit bilan kirilgan holda belgilangan amallar ketma-ketligini bajariş orqali amalga oşiriş mumkin”, deya Muzaffar Nazarovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Elektron raqamli imzo kalitini yangilaş tartibi: