Rossiya NATO huzuridagi doimiy vakolatxonasi faoliyatini töxtatadi, deb ma'lum qildi Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov.
«NATO harakatlariga javoban NATO huzuridagi doimiy vakolatxonamiz faoliyatini töxtatamiz. Menimça, 1 noyabrdan», — dedi Lavrov.
«Ikkinçidan, NATOning Moskvadagi harbiy missiyasi faoliyatini töxtatamiz, 1 noyabrdan uning xodimlari akkreditatsiyasi bekor qilinadi. Uçinçidan, NATOning Moskvadagi axborot byurosi faoliyati töxtatiladi», — dedi u.
Lavrovning qayd etişiça, NATO xalqaro kotibiyati Rossiyaning javob çoralaridan xabardor qilingan.
Oktyabr boşlarida NATO rahbariyati Rossiyaning taşkilotdagi missiyasini ikki baravarga kamaytirişga – sakkiz nafar diplomatni çiqarib yuboriş va yana ikkita örinni qisqartirişga qaror qilgandi.
Sky News telekanalining ma'lumot berişiça, bunga ehtimoliy duşmanlarça faoliyat sabab bölgan.












