Rossiya 1 noyabrdan NATOdagi doimiy vakolatxonasi işini töxtatişga qaror qildi. Moskvaning bu qarori NATO Rossiya vakolatxonasining 8 xodimi akkreditatsiyasini ortga çaqirtirib olişga qaror qilgani bilan boğlangan. Bu haqda Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov ma'lum qildi.
Şuningdek, NATOning Moskvadagi aloqa harbiy missiyasi va axborot byurosi faoliyati töxtatiladi.
Lavrovning ta'kidlaşiça, 6 oktyabrda NATO kotibiyati alyans boş kotibi Yyens Stoltenberg Rossiya vakolatxonasining 8 xodimi akkreditatsiyasini 1 noyabrdan çaqirtirib olişga hamda vakolatxona xodimlari sonini 10 nafargaça qisqartirişga qaror qilganidan Moskvani xabardor qilgan.
“Bunday qadamga biror tuşuntiriş berilmadi. Vaholanki, bu qaror e'lon qilinişidan bir neça kun oldin biz Stoltenberg bilan Nyu-Yorkda uçraşgandik. Öşanda u Yevropada keskinlikka yöl qöymaslik maqsadida NATO Rossiya bilan munosabatlarni yaxşilaşdan manfaatdorligini aytgandi”, — deb ta'kidlab ötgan Lavrov.
Uning aytişiça, Moskva alyansning bunday qaroridan unça ham ajablanmagan, çunki Rossiya vakolatxonasi xodimlari soni bundan oldin ham ikki marta – 2015 va 2018 yillarda qisqartirilgan.
Rossiya taşqi işlar vazirining aytişiça, endilikda NATO Moskva bilan boğlanişi uçun Rossiyaning Belgiyadagi elçisiga murojaat qilişi lozim böladi. Uning ta'kidlaşiça, bularning barçasi NATO va Rossiya örtasida heç qanday teng huquqli muloqot yöqligi, NATOning birgalikda işlaşdan manfaatdor emasligini tasdiqlaydi. “Şunday ekan, unda biz ham özimizni NATO bilan yaqin orada göyoki qandaydir özgarişlar bölişi mumkindek tutişimizga zarurat körmayapmiz, çunki NATO bunday özgarişlar imkonsiz ekanini aytib böldi”, deb ta'kidlagan vazir.












