2026 yilga borib poytaxt aholisi 3,2 million nafardan ortişi kutilmoqda. Bu haqda prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahar saylovçilari bilan uçraşuvda aytib ötdi.
“Yana yarim milliondan ziyod odam kuniga şaharga kelib ketadi. Bu, öz navbatida, şahar infratuzilmasi, ta’lim, tibbiyot, jamoat transporti, uy-joy kommunal va boşqa barça sohalarga yuklamaning ança oşişiga olib keladi. Şularni inobatga olib, kelgusi beş yilda Toşkent şahrini rivojlantiriş böyiça takliflar tayyorlandi. Eng avvalo, kelgusi beş yilda “Toşkent yaşaş uçun qulay şahar”ga aylanişi böyiça barça şaroitlar yaratiladi.
Xabaringiz bor, şahar hududi joriy yilda 8 ming gektarga kengaytirildi. Poytaxtning arxitekturasi va qiyofasini saqlab qoliş maqsadida, uşbu hududda “Yangi Toşkent” konsepsiyasi amalga oşiriladi va bosqiçma-bosqiç şahar şarqiy yönalişga qarab kengaytiriladi.
Jumladan, Bektemir tumanida 20 ming xonadonli zamonaviy massiv barpo etilib, boğça, maktab, tibbiyot muassasasi va dam oliş markazlari quriladi. Yangihayot tumanida infratuzilmaga yaqin hududda, yirik massiv şaklida 200 ta köp qavatli uylar qurilib, 10 mingdan ortiq oilaning turmuş şaroiti yaxşilanadi.
Umuman, Toşkent şahriga qöşilgan hududlarni yaşaş uçun har tomonlama qulay qiliş maqsadida, alohida dastur qabul qilinib, bu yerda istiqomat qilayotgan 100 mingdan ziyod aholining yaşaş şaroiti yaxşilanadi. Şuningdek, uşbu hududlarda yangi korxonalar, sanoat zonalari, aholi dam oliş maskanlari, iqtisodiy va ijtimoiy obektlar quriladi.
Şu bilan birga, şahar hududidagi avariya holatiga kelgan, 60-70 yil avval qurilgan köp qavatli uylar örniga, zamonaviy turar joylarni barpo etiş böyiça “renovatsiya dasturi” amalga oşiriladi. Bunda, uşbu uylarda yaşaydigan aholini rozi qilib, ularga yangi uylardan maqbul takliflar berilişi şart.
Misol uçun, Yangihayot tumanining “Sputnik” mavzesidagi yaşaşga yaroqsiz holga kelib qolgan 400 dan ziyod 2 qavatli yoğoç uylar örnida yangi köp qavatli uylar qurilib, 4,5 ming oila yangi zamonaviy xonadonlar bilan ta’minlanadi.

Toşkent şahrida mavjud köp qavatli uy-joylar orasidagi böş yerlarda har qanday qurilişlar qilişga çek qöyiladi. Köp qavatli uy-joylarga tutaş hududlar faqatgina uşbu uy mulkdorlariga doimiy foydalaniş uçun biriktiriladi. Umuman, kelgusi beş yilda poytaxt aholisi uçun 100 ming xonadonli köp qavatli, energiya tejamkor uylar quriladi.
Endi şaharni şarq tomonga qarab kengaytiramiz va qurilişlarni ham asosan şu tomonda, hozirgi Toşkentdan taşqarida olib boramiz. Şahar içida faqat yaşil hududlar barpo qilamiz. Eski uylarni ta’mirlab bölmaydi, hammani rozi qilib, uylarni buzamiz. Kimdir joyida qolmoqçi bölsa, uni qoldiramiz. Lekin öylaymanki, vaqti kelib hamma rozi böladi. Bu dargohdan heç kim norozi bölib çiqib ketişi mumkin emas”, dedi prezidentlikka nomzod.












