Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Özbekiston Respublikasining «Jinoyat hamda Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodekslariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonuni loyihasi muhokamaga taşlandi.
Giyohvand moddalarni saqlaş, tarğib qiliş va ötkazişga doir jinoyatlar va huquqbuzarliklar uçun belgilangan moddalarga qöşimçalarni nazarda tutgan qonun loyihasi Içki işlar vazirligi tomonidan tayyorlangan.
Qonun loyihasiga köra, Jinoyat kodeksida quyidagi özgartirişlar nazarda tutilmoqda:
1. 127-modda (Voyaga yetmagan şaxsni ğayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qiliş)ning ikkinçi qismi çiqarib taşlanadi.
Uşbu moddaning ikkinçi qismi voyaga yetmagan şaxsni giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar iste'mol etişga jalb qiliş uçun jazoni nazarda tutgan.
2. 273-modda (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş)ning
3-qismi dispozitsiyasining «g» bandi quyidagi tahrirdagi «g» va «d» bandlar bilan almaştiriladi:
g) öquv yurtlarida yoki öquvçilar, talabalar öquv, sport va jamoat tadbirlarini ötkazadigan boşqa joylarda;
d) telekommunikatsiya tarmoqlarida, şuningdek internet jahon axborot tarmoğidan foydalanib sodir etilgan bölsa.
Şu moddaning 5-qismi dispozitsiyasidagi «sotiş» degan söz «ötkaziş» sözi bilan almaştiriladi.
3) 274-modda (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni iste'mol qilişga jalb etiş)da:
2-qismining dispozitsiyasidagi «v» bandi quyidagi tahrirdagi «v», «g», «d» va «ye» bandlar bilan almaştiriladi:
v) ikki yoki undan ortiq şaxsga nisbatan;
g) bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
d) voyaga yetmagan şaxsga nisbatan;
ye) telekommunikatsiya tarmoqlarida, şuningdek Internet jahon axborot tarmoğidan foydalanib sodir etilgan bölsa.
Şuningdek, 274-modda quyidagi mazmundagi 3-qism bilan töldiriladi:
«Uşbu moddaning birinçi yoki ikkinçi qismida nazarda tutilgan harakatlar odam ölimiga yoki boşqa oğir oqibatlarga olib kelsa, –
beş yildan yetti yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi».
Ilgari 127-moddaning ikkinçi qismiga köra, voyaga yetmagan şaxsni giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar iste'mol etişga jalb qiliş 360 soatdan 480 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolangan bölsa, endi 274-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga quyidagi mazmundagi qöşimça va özgartişlar kiritiladi:
1) 189-2-modda bilan töldiriladi:
«189-2-modda. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalari, şuningdek tarkibida kuçli ta'sir qiluvçi moddalar mavjud bölgan dori vositalarni tarğib qiliş
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalari, şuningdek tarkibida kuçli ta'sir qiluvçi moddalar mavjud bölgan dori vositalarni qonunga xilof ravişda tarğib qiliş, şuningdek reklama va namoyiş etiş, –
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalari, şuningdek tarkibida kuçli ta'sir qiluvçi moddalar mavjud bölgan dori vositalarni tarğib qiluvçi vositalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravaridan 50 baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa 50 baravaridan 100 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Uşbu moddaning birinçi qismida nazarda tutilgan harakatlar ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet jahon axborot tarmoğidan foydalanib sodir etilgan bölsa, -
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalari, şuningdek tarkibida kuçli ta'sir qiluvçi moddalar mavjud bölgan dori vositalarni tarğib qiluvçi vositalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravaridan 400 baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa 100 baravaridan 450 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Yangi modda qöşilişi sababli, 245-moddaning birinçi qismi «189-1» raqamidan keyin «189-2» raqami bilan töldiriladi.












