DXX va IIV hamkorligida Toşkent viloyatining Ohangaron şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda, Toşkent şahrining Yangihayot tumanida ijara asosida yaşab kelayotgan, Telegram orqali giyohvandlik vositalari savdosini amalga oşiruvçi narkodökonning 5 nafar a’zosi qölga olindi.
Ular 400 gr «Alfa-PVP» sintetik narkotik moddasini 0,3 grammdan qadoqlagan holda Andijon viloyatidagi mijozlarga yetkaziş maqsadida olib ketayotganliklari ma’lum bölgan.
Qölga olingan şaxslarning körsatmasi asosida, ular tomonidan Andijon viloyatidagi 53 ta xufiya joyga joylaştirilgan har biri 0,3 grammdan bölgan «Alfa-PVP» sintetik giyohvandlik vositasi tegişli tartibda rasmiylaştirib olingan.
Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur narkodökon operatori vazifasini bajaruvçi, Andijon viloyatining Izboskan tumanida yaşovçi 22 yoşli şaxs Yangihayot tumani hududida uşlanib, unga tegişli avtomaşinaning yukxonasi va salon qismidan 986 gramm gaşiş moddasi hamda 7 kilogramm «Alfa-PVP» sintetik giyohvandlik vositasi olingan.
Ta’kidlanişiça, narkoguruh a’zolari mamlakatga kontrabanda yöli bilan keltirilgan giyohvandlik vositalarini Toşkent şahri hamda Toşkent, Andijon, Farğona, Namangan, Samarqand, Buxoro viloyatlarida sotiş bilan şuğullangan.
Hozirda ularning barçasiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.








