Jizzax viloyati Baxmal tumanida Nexia yölning belgilanmagan joyidan kesib ötayotgan öquvçini urib yuborgan. Oqibatda öquvçi oğir tan jarohatlari olib şifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, davlat ahamiyatiga ega bölgan 4R-41 Ğallaorol-Baxmal avtomobil yölining 28-kilometrida voyaga yetmagan öquvçi iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Baxmal tumani Novqa mahallasida yaşovçi haydovçi öz boşqaruvida bölgan Nexia maşinasi bilan yölning belgilanmagan joyidan kesib ötayotgan maktab öquvçisini urib yuborgan.
Oqibatda tumanning Oqtoş mahallasida yaşovçi öquvçi oğir tan jarohatlari olib, boş miya suyagi oçiq sinişi, travmatik şok holati taşxisi bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilişiça, hozirda holat yuzasidan Baxmal tumani IIB tomonidan tergovga qadar suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jizzaxda yuk maşinasi eşak-aravani urib yubordi. Voyaga yetmagan öquvçi tan jarohatlari oldi
Jizzaxda qoidabuzar haydovçi piyodalar yölakçasi ustida yoş bolani urib yubordi












