Samarqand viloyati Iştixon tumanida Epica rusumli avtomobil temir tösiqqa urilişi oqibatida haydovçi halok böldi. Bu haqda viloyat IIB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.
Hodisa 27-oktabr kuni soat 21:00 atrofida tumanning «Qönğirot» MFY hududidan ötuvçi D-076 avtomobil yölining 80-kilometrida sodir bölgan.
Iştixon – Payşanba yönalişida harakatlanayotgan Epica rusumli avtomobil haydovçisi eʼtiborsizligi oqibatida rul boşqaruvini yöqotgan va yölning öng tomonidagi temir tösiqqa urilgan.
Hodisa oqibatida haydovçi oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Iştixon tumani IIB Tergov bölimi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

















