Aftidan, Ole Gunnar Sulşer uçun murabbiylik faoliyatidagi eng oğir damlar keldi: «Mançester Yunayted» «Liverpul» bilan öyingaça 8 öyinning 4tasida mağlub böldi, oldinda — «Tottenhem», «Atalanta» va «Mançester Siti», endi esa «Liverpul» «Old Trafford»da qatl marosimi ötkazdi, mankunianliklar uşbu jamoa bilan qarama-qarşiliklar tarixidagi eng yirik mağlubiyatini qabul qilib oldi.
Klopp jamoasi mezbonlarni öyin boşidayoq nokdaunga uçratdi: 13-daqiqaga kelib ikki töp farqi yuzaga keldi. Ötgan mavsumda asosiy tarkibdan muqim örin egallay olmagan va qatorasiga ikki öyinda qatnaşişi noyob holat bölgan Nabi Keyta bu mavsumda qatorasiga ikkinçi öyinda gol urdi. Muhammad Saloh mavsumdagi golli uzatmalari sonini beştaga yetkazdi. Ikkinçi gol esa Trent va Diogu Jota tomonidan uyuştirildi: birinçisi töpni qanotdan uzatib berdi, ikkinçisi unga bir teginiş bilan darvozani işğol qildi.
«Mançester Yunayted» «Atalanta» bilan öyinda ham (3:2) birinçi bölim davomida 0:2 hisobida ortda borgan, ammo öşa öyinda «qizil iblislar»ning hujum çiziği ança qiziqarli köringandi. «Liverpul» bilan öyinda ham «MYu» vaqti-vaqti bilan hujumga ötib turdi, ammo amalda jiddiy tahdid kuzatilmadi.
Lekin mehmonlar töxtaşni xayollariga ham keltirişmadi. Yakkama-yakka vaziyatni yöqqa çiqargan Saloh öyindan uzilib qolmadi va bir neça daqiqa ötib baribir niyatiga erişdi. Nabi Keyta qarzini qaytarib, töpni darvoza qarşisidagi şerigiga yetkazib berdi, misrlik hujumçi qatorasiga öninçi öyinda gol urdi.
Mavzuga oid
Birinçi bölim yakunlanişi arafasida Alisson darvozasi oldida keskinlik yuzaga keldi, ammo bu epizod «Liverpul» darvozabonining seyvi bilan emas, Kriştianuning asablari doş bermagani bilan yodda qoldi: Jons töp uçun kuraşda Ronaldudan ustun keldi, portugaliyalik futbolçi esa gazonda yotgan Jonsdan töpni olib qöyiş uçun uni tepa boşladi. Arbitr Teylor sariq kartoçka bilan kifoyalandi, «Liverpul» yana bir gol bilan javob qaytardi. Saloh bölimga qöşib berilgan beşinçi daqiqada dublni rasmiylaştirdi.
Foto: MARTIN RICKETT/GETTY IMAGES
Birinçi goli 29 yoşli forvardga Premer-liga tarixidagi eng yaxşi afrikalik töpurar bölib oliş imkonini berdi. Tanaffusga qadar u APLdagi gollari sonini 106taga yetkazdi — 104 gol bilan birinçi bölib turgan Dide Drogba ortda qoldirildi (lekin u ligada Salohdan 87ta kamroq öyin ötkazgan).
Tanaffusda Sulşer APLning eng yaxşi assistenti bölib turgan Pol Pogbani maydonga taşladi. Ammo bu ham yordam bermadi. «Yunayted» futbolçilari follar va kartoçkalarni kolleksiya qila boşlaşganida (41-daqiqadan 46-daqiqagaça Teylor törtta sariq kartoçka körsatdi), «Liverpul» tanaffusga çiqmagandek öyin körsatdi. Henderson bitta pas bilan «Mançester Yunayted» himoyasini doğda qoldirdi va Salohni Xea bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqardi, misrlik futbolçi esa het-trikni rasmiylaştirdi va APLdagi gollari sonini 107-taga yetkazdi. «Old Trafford» tribunalari hakam huştagi çalinişidan ança oldinroq böşay boşladi.
De Xea esa qiyin daqiqalarni ötkazdi — öyin sönggiga qadar u yana bir qança seyvlar amalga oşirib, jamoasini muqarrar gollardan qutqardi. U «Mançester Yunayted» fanatlari bu öyinda e'tiroz bildirmasligi kerak bölgan yagona öyinçi edi.
5:0 — Yurgen Kloppning «Liverpul» boşqaruvidagi 200-ğalabasiga aylandi. Qizillar «Çelsi» ortidan ikkinçi örinda bormoqda, «Mançester Yunayted» turnir jadvalining 7-örnida qoldi.
Angliya: Tuxel va Gvardiola yirik hisoblarda ğalaba qildi
Çempionlar ligasida kamtargina «Malmyo» ustidan qozonilgan ğalaba londonliklarga qimmatga tuşgandi - Lukaku va Verner jarohat olib safdan çiqdi. Ammo Tomas Tuxelga muvaffaqiyat uçun hujumçi şart bölmadi. Ayniqsa hozirdanoq chempionship yöllanmasi uçun asosiy da'vogarga aylangan «Norviç»ga qarşi öyinda. «Kanareykalar» töqqiz turda atigi ikki oçko jamğarişdi va jamoadagi holat umidsiz körinmoqda.
«Stemford Brij»dagi öyin APL yetakçisi va turnir autsayderi örtasidagi farq qançalar çuqur ekanini körsatdi. Maunt va Hadsona-Odoining tezkor gollari «Çelsi» safida istalgan futbolçi gol ura olişi haqidagi aksiomani yana bir bor tasdiqladi. Bu ikkisi bilan birga londonliklar safida mavsum boşidan buyon Angliya çempionati öyinlarida kamida bitta gol urgan futbolçilar soni 15 kişiga yetdi. Agar barça turnirlar hisobga olinsa, bombardirlar soni, avtogollar hisobga olinmagan taqdirda, 17 nafarni taşkil etadi.
Şusiz ham qiyin ahvolda bölgan «Norviç»da 65-daqiqada himoyaçi Gibson ikkinçi sariq kartoçkani oldi va öyin mehmonlarning yerga urilişi bilan yakunlandi. Tuxel kelganidan keyingi davrda jamoaning asosiy töpurari bölib turgan Maunt (9) het-trik rasmiylaştirdi.
«Çaykalar»ning bu mavsumda kuçli törtlikka kirib olişiga köpçilik könikkandi, ammo turnir jadvalida «Brayton» bilan yonma-yon turgan amaldagi çempion oradagi asl farqni körsatib qöydi. Ötgan mavsum sönggida Grem Potter jamoasi ikki töp farqini yöqqa çiqarib, «Siti» ustidan ğalabaga erişgandi (3:2), ammo bu safar raqibga jiddiy qarşilik körsatilmadi.
Maydon egalari öyinda hisob oçilgan vaziyatda hakamlikdan norozi bölişdi, Gundöğanning goli oldidan qoida buzilganini iddao qilişdi. Ammo VAR darvozabon xato qilgani va gol töğri inobatga olinganini tasdiqladi. Şunday ekan, «şaharliklar» yarimhimoyaçisi APLda 30ta gollik dovondan ötgan germaniyalik futbolçilar röyxatida faqat Ozildan ortda qolib, ikkinçi öringa çiqdi, Fodenning dublidan keyin öyinda intriga qolmadi.
Xosep Gvardiola jamoasi öyinning ikkinçi qismini haddan taşqari pragmatik ötkazdi, bölim oxirlarida «Brayton» penalti orqali hisobni qisqartirişga erişdi. Lekin bu gol çempionlarni uyğotişga xizmat qildi va jamoa yana butun kuç bilan oldinga tşlanib, öyin oxirigaça hisobni yana yirik körinişga keltirişdi.
Kadrlar barçasini hal qiladi, bu haqiqatni «Lester» yana bir bor tasdiqladi. «Tulkilar» avvaliga çöloqlanayotgandi, ammo Brendan Rodjyers şogirdlari öziga kelib oldi va sönggi turlarni yuqori sur'atlarda ötkazmoqda. «MYu» ustidan qozonilgan ğalaba ortidan Yevropa Ligasida safarda «Spartak» darvozasiga tört gol urildi, endi APLning kuraşdan tolmas yangi a'zosiga qarşi oddiy bölmagan öyinda natijaga erişildi. «Lester» hamon turnir jadvali örtalarida qolmoqda, ammo beşinçi örindagi «Brayton» bilan oradagi farq atigi bir oçko.
«Vest Hem» — «Tottenhem» — 1:0 (Antonio, 72)
Bu turdagi London derbisida ğalaba qozongan «bolğaçilar» Çempionlar ligasi kvartetida mustahkamlanib olişdi. Devid Moyyes şogirdlari özaro bahsda mağlub etilgan «Tottenhem» hamda bu turda yirik hisobda yutqazgan «MYu» bilan oradagi farqni oşirdi. Uçraşuv avvalida köpçilik Keyndan yorqin öyin ötkazişini kutişgandi, u bu öyinda jamoasini APLda 250-öyinida maydonga boşlab çiqqandi, ammo yakşanba kun qahramoni boşqa futbolçi böldi. Antonioni oqşomning kutilmagan triumfatori deyiş qiyin, çunki «şporlar» uning uçun sevimli raqibga aylangan. Hujumçi bu raqib darvozasiga oltinçi marta gol urdi, u sönggi uç uçraşuvda barqaror ravişda «Tottenhem» darvozasini işğol etmoqda. «Vest Hem»ning ğalabasi öyinga mos böldi, ikkinçi bölimda maydon egalari darvozasiga birorta zarba berilmadi.
Möjiza röy bermadi — klasiko Madrid foydasiga hal böldi.
Bir neça yil muqaddam futbol olami Kriştianu Ronaldusiz klasikoga könikkandi. Endi Messi va Serxio Ramossiz (bu futbolçilar ispan futbolidagi asosiy öyinning 45tasida qatnaşgan holda rekord qöyişgan) hayot boşlandi. Yakşanba kungi «Kamp Nou»dagi öyin arafasida endi kimlar yangi qahramonlar bölişini kutişardi.
Kataloniyada avlodlar almaşinuvi davom etmoqda. Bu safargi öyinda klasikodagi debyutini amalga oşirgan 17 yoşli Gavi sönggi 80 yillikda klasikoda maydonga tuşgan eng yoş futbolçiga aylandi. Madridliklar safida esa yarimhimoyada hamon öşa-öşa uçlik harakatlanmoqda - Modriç, Kazemiro va Kroos. Öyindan oldin Ronald Kuman öz jamoasida ham yoşlarga yordam berib, ular ilk daqiqalardanoq qörqmay öynaşini ta'minlay oluvçi qator tajribali futbolçilar borligini aytib ötdi.
Dastlabki ön daqiqalikda «Barsa» nafaqat dadillik bilan, balki aqlli ham öynadi. Töp ularning nazoratida böldi, bu vaqtda «Real» maydonning raqib qismiga öta olmay ham qoldi. Keyin öyin özgara boşladi, lekin bu prinsipial özgariş emasdi, tartiblilik va taşkiliylik birinçi öringa çiqdi. Vinisius — akademik uslubdan brazilça öyinga qaytişda birinçilardan. Uning qanotdagi fintlariga Minges tayyor emasligi yana bir bor körinib qoldi, himoyaçi forvardni jarima maydoni içida quvib yetganida u birinçi kontaktdan keyinoq yiqilib berdi. Ammo «Real»ga penalti berilmadi.
Keyin Destning uzoq vaqtgaça yodda qoluvçi noaniq zarbasi röy berdi. Terma jamoa safida şedevr gollar urib yuruvçi amerikalik futbolçi jarima maydoni markazida, darvozadan töqqiz metr masofada turib töpni tribunaga qarata tepdi. Keyin esa madridliklar tajribadagi farqni namoyiş etişdi, öz jamoasi jarima maydoni yaqinida töpni egallagan Alaba hujumni boşlab berdi va uni özi uzoq burçani aniq nişonga olgan holda yakunladi — ter Ştegen ilojsiz holatda edi. Öyindagi birinçi zarba — birinçi gol.
Statistika nuqtayi nazaridan «Barsa»ning ğalaba uçun imkoniyatlari daqiqa sayin yöqolib bordi, jamoa oxirgi marta 1989 yilda uy klasikosida birinçi bölib gol ötkazgan holda ğalaba qozongan. Bu qançalar olisda röy berganini tuşuniş uçun öşanda kataloniyaliklarning ikkita javob golini aynan Kuman urganini keltiriş mumkin. Endi niderlandiyalik mutaxassis murabbiy sifatida buni uddalaşga harakat qilişi kerak edi. Tanaffusda öyin qaytadan qurildi: tezkor Dest Vinisiusga qarşilik körsatişi uçun ortga surildi, hujumni kuçaytiriş uçun Mingesa örniga tajribali Filippe Koutino tuşirildi.
Bundan maqsad tuşunarli edi, ammo realizatsiyaga kelganda heç narsa özgarmadi. Azart va qaysarlik bilan madridliklar himoyasini hayratlantirib bölmasdi. Benzema bir neça metr masofadan zarba yöllagan (noaniq) kabi holatlar «Barsa»da yuzaga kelmadi. Taktik şaxmatda Ançelotti ustunlik qildi. Italiyalik mutaxassisda öng qanotni kuçga tölgan Valverde bilan yopiş imkoniyati bölgani holda, Kuman endigina safga qaytgan Agueroning gol seziş qobiliyatiga va ikkinçi qavatda töp uçun kuraşda ustunlik qilişi mumkin bölgan Lyuk de Yongning omadi kelişiga umid qilişi mumkin edi.
Joan Laporta tomonidan yana bir bor işonç bildirilgan murabbiy «Barsa»dan hozirça möjiza kutiş kerak emasligini aytgandi. U bu gapini Çempionlar ligasi haqida aytgan bölsa-da, klasiko — ham daraja borasida bu turnirdan qolişmaydi. U bir yil içida jamoani ikkinçi marta qaytadan qurişiga töğri kelmoqda — bu iş moliyaviy inqiroz şaroitida olib borilayotgani esa alohida masala. Ötgan mavsumda uning ixtiyorida Messi va Grizmann bor edi.
Hozir — kuçdan qolgan faxriylar va hali yetilmagan yoşlar davri. Şuning uçun, kataloniyalik muxlislar reallikni qabul qilib, sabrli bölişi talab etiladi, ular uçun ijobiy holat va kelajakka umid berişi mumkin bölgan jihat, bu safar jamoa «Bavariya» va «Atletiko»ga qarşi öyinlarda bölgani kabi ilojsiz körinmadi.
Tan oliş kerak, 1965 yildan buyon qatorasiga törtinçi klasikoda ğolib bölgan «Real» hozir şunçaki boşqa darajada. Qöşimça daqiqalarda «Madrid» buni namoyiş etdi, mezbonlarning xavfli hujumiga Lukas Vaskesning goli bilan javob qaytarildi. Sönggi daqiqada Agueroning kök-anorranglilar safidagi debyut goli esa umid uçquni bölib qoldi.
«Kamp Nou»dagi klasiko boşqa öyinlarni soyasida qoldirişi oldindan ma'lum edi, ammo tur arafasida beşinçi örinda turgan va hozirda turnir jadvalida kutilmaganda peşqadamga aylangan jamoa örtasidagi töqnaşuvni e'tibordan çetda qoldirib bölmasdi. Tan oliş kerakki, dramatizm va gözallik borasida bu uçraşuv «Barsa» va «Real»ni soyada qoldirdi.
Öyinning birinçi qismini basklar öz foydasiga hal qilişdi, birinçi gol urilişiga olib kelgan kombinatsiya vaqtida töp maydon markazida raqibdan olib qöyildi, bir neça aniq uzatmalar amalga oşirildi va yakunda Serlot Isakning pasini yöqqa çiqarmadi. Şved forvardi özi ham gol urganida esa «Real Sosedad»ning ğalabasi muqarrardek körinardi.
Ammo heç kim «Atletiko»dan irodani tortib ololmaydi, qolaversa, «matrasçilar» safida Suares kabi saviyali hujumçi bor. Urugvaylikning dubli uni la liga tarixidagi eng yaxşi töpurarlar röyxatida 15-öringa yaqinlaşdi. Gollari sonini 171taga yetkazgan forvard tarixiy natijaga erişişi uçun yana 9 gol qoldi. Lekin madridliklar jamoasi «Real» va «Sevilya» bilan tenglaşa olmadi. Birinçi örinda esa hamon San-Sebastyandan bölgan jamoa joylaşgan, ammo favoritlar Janubiy Amerikadagi saralaş öyinlari oqibatlaridan butunlay xalos bölgaç, barçasi yana öz joyiga qaytişiga şubha qilmasa ham böladi.
Klasiko arafasida «Sevilya» la liga yetakçisiga aylanib oldi, «Levante»ga qarşi öyinda aql bovar qilmas gollar şousi kuzatildi. Barçasi Torresning ajoyib goli bilan boşlandi, burçak zarbasi ijro etilganida u töpni töxtatmasdan darvoza ustuni ostiga yölladi. Xulen Lopetegi jamoasi sönggi beş turda tört ğalabaga erişgan holda kuçli törtlikda bormoqda.
«Körşapalaklar» ğalabasiz seriyasini davom ettirdi (3 durang va 3 mağlubiyat). Şanba kuni mehmnlar olti daqiqa içida ikki gol urişdi, 55-daqiqada mezbonlar safida Li Kang In maydondan çetlatilgaç, öyin taqdiri hal bölgandek edi.
Ammo yakunda birinçi bölib tribunalarni yuz foizga töldiriş huquqiga ega bölgan «Mestalya» arbitr tomonidan qöşib berilgan daqiqalarda aql bovar qilmas hodisalarga guvoh böldi. «Valensiya»ni öyinga Gonsalu Gedeşning öta nozik zarba bilan «töqqizlik»ni nişonga olişi qaytardi. Qöşib berilgan sakkizinçi daqiqada — «Malorka» safida Fera Nino qulay vaziyatni qöldan çiqarganidan keyin Gayya Markos Andrening uzatmasini yiqila turib golga aylantirdi. Mezbonlar sardori bu mavsumda kutilmaganda töpurarlik qobiliyatini namoyiş etmoqda. Qatorasiga ikki öyinda öz nomini tabloga yozdirib qöygan Gayya bungaça La Liganing 207 öyinida bittagina gol urgandi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi