Yaqin oylar içida AQŞ Rossiyaning 55 nafar diplomati va ma'muriy-texnik xodimlarini mamlakatdan çiqarib yuboradi. Bu haqda Rossiya taşqi işlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova ma'lum qildi.
“Hozirda Rossiyada amerikaliklardan 130 kişi işlayapti, bizning Vaşingtondagi missiyamiz va Nyu-York hamda Hyustondagi boş konsulxonalarimizda 200 dan kamroq kişi bor. Vaşington talabi bilan 55 nafar diplomat va ma'muriy-texnik xodimlarimiz yaqin oylar içida AQŞni tark etişi lozim”, – dedi Zaxarova.
Uning qöşimça qilişiça, 2016 yil oxiridan buyon AQŞ turli bahonalar bilan yuzdan ortiq rossiyalik xodimlar va ularning oila a'zolarini mamlakatdan çiqarib yuborgan.
Avvalroq AQŞ Senati prezident Jo Baydenni Moskvadagi elçixona ştatini köpaytiriş böyiça zudlik bilan çora köriş, Rossiya hukumati yon bermaydigan bölsa, 300 nafar rossiyalik diplomatni çiqarib yuborişga çaqirgandi.












