Rossiya va AQŞ kurd guruhlarini Suriya içkarisiga olib ketiş böyiça bergan va'dalarini bajarmadi. Bu haqda Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğli CNN Türk telekanali efirida aytdi.

«AQŞ va Rossiya Kurdiston işçilar partiyasi terrorçilarini Suriyaning 30 kilometr içkarisiga olib ketişi kerak edi. Ular hozirga qadar va'dalarini bajarmadi. Biz va'da bersak, sözimizda turamiz. Şartnoma imzolagaç, talab qilingan narsani bajaramiz. Ammo na Rossiya, na AQŞ — buni oçiq aytaman — sözida turdi. Aksinça, AQŞ bu kuçlarni qöllab-quvvatlaşda davom etdi», — dedi u.

Avvalroq Turkiya Suriya hududida ikkita operatsiya ötkazişni rejalaştirgani ma'lum bölgandi.

Suriya axborot agentligining xabar berişiça, Turkiyaning qöşimça harbiy kuçlari Ras Al-Ayn şahriga yetib kelgan. Manbalarning sözlariga köra, hududga turli harbiy texnikalar keltirilgan.