Adliya vazirligi xabariga köra, yangi namunadagi milliy haydovçilik guvohnomasi konsullik muassasasi orqali Içki işlar vazirligining Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi (IIV YHXBB) tomonidan rasmiylaştiriladi.
Talabgor eski namunadagi milliy haydovçilik guvohnomasini yangisiga almaştiriş uçun konsullik muassasasiga ariza bilan şaxsan murojaat qiladi. Konsullik muassasasi talabgor nomidan sörovnomani töldirib, 1 iş kunida IIV YHXBBga yuboradi.
YHXBB taqdim etilgan ma'lumotnomani körib çiqib, 1 iş kunida yangi namunadagi milliy haydovçilik guvohnomasini rasmiylaştiradi hamda uni Taşqi işlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti (TIV KHD)ga yuboradi. Şunga köra, TIV KHD haydovçilik guvohnomasini konsullik muassasasiga diplomatik poçta orqali taqdim etadi. Konsullik muassasasi 1 iş kunida yangi namunadagi milliy haydovçilik guvohnomasini egasiga beradi yoki asoslangan sabablarga köra uni rad etadi.
Eski namunadagi milliy haydovçilik guvohnomasi yangisiga almaştiriş uçun quyidagilar undiriladi: bazaviy hisoblaş miqdorining 70 foizi miqdorida tölov; 20 dollar miqdorida konsullik yiğimi; 20 dollar miqdorida haqiqiy xarajatlarning örnini qoplaş uçun yiğim.
Avvalroq, Özbekistonda 1 martdan ID-kartasi bor haydovçilar boşqa hujjatlarni körsatişi şart bölmasligi xabar qilingandi.











