Senat axborot xizmati xabariga köra, uçraşuv doirasida Sodiq Safoyevga Yaponiya imperatorining oliy mukofoti “Çiqayotgan quyoş Katta Kordon ordeni” bilan taqdirlangani munosabati bilan Yaponiya taşqi işlar vaziri Tosimitsu Motegining yöllagan tabrik xati topşirildi.

Qayd etilişiça, Senat raisining birinçi örinbosariga ikki tomonlama aloqalarni yanada çuqurlaştiriş hamda Özbekiston va Yaponiya örtasidagi döstona munosabatlarni rivojlantiriş yölidagi köp yillik samarali xizmatlari uçun orden berilgan.

Foto: Senat.uz

Şuningdek, uçraşuvda mamlakatlar örtasidagi savdo-iqtisodiy, siyosat, ta'lim, madaniy, gumanitar sohalarda strategik hamkorlik munosabatlari, parlamentlararo aloqalar bilan bir qatorda ilm-fan, ta'lim va innovatsiyalar böyiça hamkorlik ham jadal rivojlanayotgani qayd etildi.

Foto: Senat.uz

Tomonlar 2022 yilda mamlakatlar örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 30 yilligini nişonlaş doirasida “Yaponiyada Özbekiston yili” va “Özbekistonda Yaponiya yili”ni hamkorlikda ötkazişga tayyorgarlik köriş böyiça tayyor ekanini bildirdi.