Opa-singil Beruniyda öz ustaxonalarini oçişganiga 4 oy böldi. Usta qizlar temir eşiklar, derazalar uçun panjara-tösiqlar işlab çiqarişmoqda. Erkaklarga xos bu oğir iş ortidan ular örtaça 3-4 million söm oylik daromad qilişmoqda.

«Qiyinçilik köp böldi. Köpçilik bu iş bilan şuğullanişimizga qarşi bölgan. Birovning buyurtmasini aytilgan vaqtda yetkazib berişimiz kerak. Şunday vaqtlar tungi soat 12-1gaça böyoq urgan vaqtlarimiz bölgan. Ana şunday paytlarda odamlar turli gap-sözlar ham qilişdi. «Ayol kişi boşqa iş qilsa bölmaydimi?», «Salonda işla, tikuvçilik qil», deganlar ham böldi. Baribir soham özimga yoqadi», — deydi Şakarjon Matdurdiyeva.

Qahramonlarimiz 6 qiz, bir öğil voyaga yetgan oilada katta bölişgan. Ularning onasi uy bekasi, otasi esa zavodda işçi. Hozir Şakarjonning 3 nafar qizi, Enajonning esa 2 nafar öğli bor.

«Böyoqçilik qilganimizda keç yuradi, deb gap-söz qilişdi. Hamkasblarimiz, mijozlarimiz işda keç qolsak, bizni uyga keltirib qöyişardi. Qöşnilarimiz har xil gaplar tarqatişdi. Ota-onamiz ham bu işlaringizni taşlanglar, deb aytgan. Lekin ikki nafar farzandimni boqişim kerak. Ularga maktab kiyimi, kerakli jihozlarini olib berişim kerak. Işimizni farzandlarimiz uçun qilyapmiz», — deya ta'kidlaydi 25 yoşli payvandçi-böyoqçi Şakarjon Matdurdiyeva.

Opa-singillar oğir, biroq halol mehnatlari ortidan farzandlarini oliy ma'lumotli, uyli-joyli qilişni maqsad qilgan. Ular kelajakda ustaxonalarni kengaytirib, sohalarini kengaytirmoqçi.

Şuhrat Saidahmadov, Kun.uz muxbiri.
Montaj ustasi – Jahongir Aliboyev.