Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida hokimi örinbosari, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi xodimi pora bilan qölga olindi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Beruniy tumani hokimining örinbosari Taxiatoş tumanida faoliyat olib borayotgan qizilmiya ildizlarini qayta işlaşga ixtisoslaşgan MÇJ rahbariga qizilmiya ildizini yetiştirişi uçun Beruniy tumani hududidan 150 gektar yer maydoni ajratib beriş evaziga 12 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Namangan viloyatida qayd etilgan holatda, Kosonsoy tumanidagi boğdorçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjalik rahbari mazkur xöjalikning 24 gektar yer maydonini mansabdor tanişi orqali xaridor nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga 240 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 50 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning mansabdor tanişi hisoblangan Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi «Agrosanoatni rivojlantiriş agentligi» davlat muassasasining Kosonsoy tuman loyiha ofisi boş mutaxassisi yuqoridagi yer maydonini rasmiylaştirib beriş evaziga 10 ming AQŞ dollari olgan vaqtida qölga olindi.
Boşqa holatda esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasining Andijon viloyati boşqarmasida bölim boşliği lavozimida faoliyat yurituvçi mansabdor şaxs Andijon tumanidagi paxta va ğalla yetiştirişga ixtisoslaşgan fermer xöjalik rahbari tomonidan 6 sotix yer maydoniga noqonuniy qurilgan bino va inşootlar böyiça hisoblanişi kerak bölgan zararni kamaytirib xulosa beriş evaziga 1000 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















