Qoraqalpoğistonning Beruniy tumanida kuzatilgan kuçli şamol köp qavatli uyning tom qismini uçirib ketdi. Holat yuzasidan tuman hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinişiça, holat bugun, 3 mart kuni soat 6:40 atrofida sodir bölgan. Kuçli şamol tumanning Navröz mahallasida joylaşgan köp qavatli uyning taxminan 500 kvadrat metr tunika şifer bostirmasini uçirib yuborgan. Buning oqibatida “dom” oldida turgan Nexia, Spark, Damas maşinalari hamda elektr mototsiklga zarar yetgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yöq.
Uşbu köp qavatli uy 1996 yilda qurilgan bölgan. Uning tom qismi esa 2022 yilda tunika şifer bilan qoplangan.

Hozirda voqea joyida tuman FVB bölimi xodimlari tozalaş işlari olib bormoqda. Maxsus işçi guruh tomonidan yetkazilgan zarar aniqlanib, tomni asl holatiga qaytariş böyiça işlar olib borilayotgani bildirilgan.
Oldinroq Jizzax viloyatining Baxmal tumanida “Open budget” puliga qurilgan yangi stadion 15 kunda qulab tuşgani xabar qilingandi.


















