
Siyosatçi 2017-2019 yillarda Trampning Rossiya böyiça maslahatçisi bölib işlagan. Undan avvalroq esa Barak Obama hamda kiçik Jorj Buş administratsiyasida faoliyat yuritgan. Talabalik davridanoq Rossiya siyosatini örgana boşlagan Hill xonim sovetlar tarixi haqida Harvard universitetida dissertatsiya himoya qilgan. VVS'ga intervyu bergan Fiona Hill nega Tramp bilan işlaşga rozi bölgani, sobiq prezident nega razvedka ma'lumotlari bölişiga qaramay saylovlarga Rossiya aralaşuvini tan olişni istamagani haqida gapirdi.
Hillning 2017 yil AQŞ xavfsizlik kengaşida Rossiya va Yevropa masalalari böyiça prezident maslahatçisi sifatida iş boşlaşi Vaşington siyosiy elitasini hayratlantirgandi. Çunki rus siyosati bilimdoni bölgan Hill siyosat olamida maşhur inson hisoblanar va 2016 yilgi AQŞ prezidentlik saylovlariga Kreml tomonidan aralaşuv bölganini köp marta ta'kidlagandi. 2016 yilgi saylovlarda ğolib bölgan Donald Tramp esa saylovlarda ruslarning aralaşuvini keskin rad etib keladi.
Fiona Hill heç qaçon qaraşlari bir yerdan çiqmagan prezident bilan birga işlaganidan afsuslanmaydi: «2017 yil Tramp administratsiyasida işlaşimga sabab 2016 yil sodir bölgan voqealar edi. Öşanda Rossiya razvedka taşkilotlari Kremlning topşiriği bilan Amerika prezidentlik saylovlariga aralaşgan. Bu esa Amerika siyosiy olamida xaosni yuzaga keltirdi. Şu sabab menda tanlov imkoni paydo bölgandi. Tasavvur qiling, uyingiz yonyapti va siz turib, nimadir qilişingiz kerak. Men ön yillar davomida Rossiya siyosatini örgandim, 1984 yilda rus tilini örgana boşlaganman. Ruslarning Amerika saylovlariga aralaşuvi ham yangilik emas, ular sovuq uruş vaqtida ham şunday qilgan. Şunda nega men nimadir qilmasligim kerak deb öylab, işga kirdim», deydi Hill xonim.
Moskva 2016 yilgi Amerika saylovlariga aralaşuvni keskin rad etib keladi. Öz navbatida Tramp ham buni saylovda öziga yutqazgan Hillari Klinton tomonidan öylab topilgan uydirma deb hisoblaydi. Hillari Klinton saylovdagi mağlubiyatini köp marta Rossiyaning aralaşuvi bilan boğlagan.
Rossiya nega Klintonning ğalabasini xohlamadi? Bu qasosmidi?

«Tramp saylovga ruslar aralaşganini tan olişni istamasdi, çunki bu uning prezidentligi legitim ekaniga soya solardi. Ruslar amalda öz maqsadiga erişdi. Ular amerikaliklarda prezidentlik saylovlari natijasida şubha uyğonişini xohlagandi», deydi sobiq prezident maslahatçisi.
Hill xonimning aytişiça, Rossiya maxsus xizmatlari Amerika prezidentlik saylovlariga hakerlik hujumlari orqali aralaşib, şu tariqa Hillari Klintondan qasos olgan. 2011 yilda AQŞ davlat kotibi lavozimida işlagan Klinton Rossiyada Putinning taxtda qolişiga qarşi namoyişlarni qöllab-quvvatlagan.
Öşanda Putin Klinton haqida şunday degandi: «U bizning mamlakat içidagi ba'zi odamlarga signal berdi va odamlar Davlat departamentining qöllab-quvvatlovi bilan harakatni boşlaşdi».
AQŞ matbuotida bu mavzu juda keng muhokama qilindi, ular hamon töxtamagan. Tramp Finlandiyadagi sammitda AQŞ razvedkasi bergan ma'lumotlarga emas, Putinga işonişini aytganda tom ma'noda mamlakatga şarmanda bölgandi. Hatto uni Rossiya agenti deb ham yozişdi. Ammo bu borada aniq isbot körsatilmagan. Maxsus prokuror Robert Myuller Tramp ştabining xorijiy razvedka taşkilotlari bilan aloqasini topa olmagandi.
Sobiq prezident maslahatçisining aytişiça, Tramp Rossiya bilan uruşişni xohlamaganiga asosiy sabab şundaki, AQŞ sobiq prezidenti Putinga havas bilan qaragan.
«U Putinga havas qilardi, buni öz közim bilan körganman. Tramp uçun Putin u intiladigan yetakçi edi va bu prezidentning Rossiya bilan aloqasiga umuman aloqador emasdi.
Tramp Putinni juda katta hukumat sohibi deb bilar va u haqda gapirganda köp marta şunday öxşatişni işlatardi. Tramp mamlakatni şaxsiy biznesidek boşqaradigan va çeksiz vakolatlarga ega Putinni xuddi özi havas qiladigan maşhur odamday qabul qilardi», deydi Fiona Hill.
Sobiq maslahatçining aytişiça, Tramp mamlakatni boşqarişda Putinning usulidan foydalanişga harakat qilgan.
Jo Bayden prezidentlikka kelgaç, Amerika matbuotida Putin va Rossiya haqida kamroq yoza boşlaşdi. Rossiya ikkinçi planga tuşib qoldi va asosiy raqobatçi sifatida Xitoy qarala boşlandi. Hatto Xitoy bilan AQŞ örtasida yangi sovuq uruş bölişi mumkinligi haqida yozişmoqda.
Fiona Hillning fikriça, doim diqqat markazida bölişni istovçi Kreml uçun bu unçalik yaxşi holat deb qabul qilinmaydi. Uning fikriça, Kreml doim özi haqda gapirişlarini istaydi, 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida esa Putin saylovoldi dasturida asosiy urğuni yana AQŞ bilan munosabatlarga qaratadi. Biroq sobiq maslahatçi Moskva uçun AQŞ bilan faqat duşmanlik emas, hamkorlik ham muhim deb hisoblaydi.
Fiona Hill kim özi?

Angliya şimolida tuğilgan Fiona Hill 1987 yil ilk marta Moskvaga borgan. U Moris Torez nomidagi Moskva çet tillar institutida 10 oy rus tilini örganiş imkonini beruvçi Britaniya kengaşi grantini yutib olgandi. 1989 yil AQŞga ketgan Hill sovet tarixi mavzusida dissertatsiya himoya qilib, doktorlik darajasiga erişadi. AQŞda bölajak turmuş örtoğini uçratgan Hill şu yerda qolib, fuqarolik oladi.
Amerika taşqi siyosati va sovetlar tarixi haqida köplab kitob yozgan Fiona Hillning oxirgi kitobi «Bu yerda senga nima bor?» deb nomlanadi. Siyosatçi AQŞga kelişining sababi sifatida Angliyada mavjud bölgan tabaqaviy çeklovlarni keltiradi. Uning fikriça, Angliya şimolidagi konçi oilasidan çiqqan şimolça aksentda gapiruvçi qiz Londonda nimagadir erişişi qiyin edi.
«AQŞda esa sen qanday aksentda gapirişingga qaraşmaydi. Britaniyadan kelgan hammaning tili britança deb qaraladi, tamom», deydi Angliya va AQŞdagi farq haqida gapirar ekan siyosatçi.











