Standard & Poor’s Global Ratings xalqaro reyting agentligi Özsanoatqurilişbankning “BB-” reyting darajasini tasdiqlab, kredit reytingi prognozini “salbiy”dan “barqaror”ga oşirdi.

Barqaror prognoz bankning rezervlarni şakllantirişda qöşimça muhim ehtiyojlar yoki kreditlaşning haddan ziyod ortib ketişi bilan boğliq holda tavakkalçiliklar pasayişiga köra kapitallaşuvning adekvat körsatkiçlarini saqlab qolişiga asoslanadi.

S&P Global Ratings tomonidan qayd etilişiça, 2024 yilda amalga oşirilişi közda tutilgan xususiylaştiriş jarayonlariga tayyorgarlikka qaramasdan, kelgusi ikki yilda bank özining mustahkam biznes-pozitsiyasi hamda davlat bilan yaqin aloqalarini saqlab qoladi.

Pandemiya bilan boğliq iqtisodiy tahdidlar şaroitida Özsanoatqurilişbank kredit reytingi prognozining kötarilişi moliya muassasasi biznesining samarali rivojlanayotgani, bank aktivlarining barqaror ösib borayotgani va yuqori sifatliligi, şu bilan birga faoliyatidagi samarali operatsion körsatkiçlaridan dalolat beradi.

“Özsanoatqurilişbank reytinglari böyiça “barqaror” prognoz Özbekistonda kapitalning adekvat zaxiralari, aktivlar sifatining yaxşilanişi va mustahkam biznes-pozitsiya bank kreditlaş körsatkiçlarini yaqin 12 oy içida saqlab qolişini ta'minlaydi”, – deya xulosa qiladi, Standard & Poor’s.

Özsanoatqurilişbank Özbekiston Respublikasining eng yirik va tizimli moliya muassasalaridan biridir. Bank aktivlar va kapitallar hajmi, depozit baza va daromad kabi asosiy moliyaviy körsatkiçlar böyiça yetakçi örinlarni egallab kelmoqda. Bugungi kunda bank tizimida transformatsiyalaş jarayonining sönggi bosqiçini yakunlaş böyiça keng kölamli işlar olib borilmoqda. Bu, öz örnida, bankning moliyaviy körsatkiçlari hamda operatsion samaradorlikning yuksalişiga ijobiy ta'sir körsatadi.

Özsanoatqurilişbank özining mamlakat moliya bozoridagi örnini mustahkamlab, investorlik bazasini kengaytirib bormoqda.

Özsanoatqurilişbank Axborot xizmati Ⓣ