Turkiya fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi Iroq, Suriya va Yaman fuqarolariga Turkiya aeroportlaridan Belarusga parvoz qilişni taqiqladi, deb xabar berdi Daily Sabah.

“Yevropa ittifoqi va Belarus örtasidagi çegara noqonuniy ravişda kesib ötilişi muammosi sababli Turkiya aeroportlaridan Belarusga safar qilişni istagan Iroq, Suriya va Yaman fuqarolariga çipta sotib oliş va samolyotga çiqişni taqiqlaşga qaror qilindi”, – deyiladi boşqarma bildiruvida.

Avvalroq Belarusning “Belavia” aviakompaniyasi 12 noyabrdan Turkiyadan Belarusga uçib kelgan Iroq, Suriya va Yaman fuqarolari qabul qilinmasligini ma'lum qilgandi.

11 noyabr kuni Turkish Airlines aviakompaniyasi ham xuddi şunday qarorga kelgan.

Yevroittifoq Belarus hukumatini Yaqin Şarq mamlakatlari fuqarolarini Yevropaga ötkazişda aybdor qilmoqda. Polşa, Litva va Latviya çegaraçilari migrantlarni kiritmaslikka urinmoqda, Minsk ularni şafqatsizlikda ayblamoqda.

Bryussel vaziyat Minskning “gibrid tajovuzkorligi” oqibati deb hisoblamoqda.