Qarşi şahrida joylaşgan bank şoxobçasida yonğin yuz bergan. Bu haqda Qaşqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, bugun 2021 yil 14 oktyabr kuni soat 11:00 larda Qarşi şahar Favqulodda vaziyatlar bölimiga 101 raqami orqali I.Karimov köçasida joylaşgan Xalq banki filialiga qaraşli kiçik şoxobçada yonğin sodir bölayotganligi töğrisida xabar kelib tuşgan.

Xabar olingandan söng hodisa joyiga 2-yonğin-qutqaruv qismidan 2 ta bölinma voqea joyiga yetib borgan va yonğinni soat 11:15 larda yonğinni töliq öçirgan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Yonğinda, bank şoxobçasining 8 metr kvadrat maydonda tom qismi va taşqi qoplamasi zarar körgan. Yonğindan binoning 82 metr kvadrat maydoni hamda içidagi jihozlari saqlab qolingan. Yonğin oqibatida heç kim tan jarohat olmagan.

Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, yonğin elektr kabellarining qisqa tutaşuv natijasida kelib çiqqan.