Olingan tasvirlardan ham köriş mumkinki, qişloq yöli öta abgor holatda. Bir kilometrli yöl ön yillar içida ta'mirlanmagani, u ayniqsa qiş faslida juda açinarli ahvolga kelib qolişi sezilib turibdi.
«Biz tuman markazi, bozor, iş va poliklinikaga, bolalarimiz esa maktabga har kuni şu yöl orqali kirib-çiqamiz. Maktabdan qaytgan farzandlarimizning bir kiygan kiyimini qayta kiyib bölmaydi. Loyli yöl sabab, ayollarimiz şu sovuqda ham har kuni kir yuvişga majbur.


Töğri, qişloqliklar unda-bunda pul yiğib, yöldagi çuqurlarga toş tökamiz, lekin u yana tezda avvalgi holatiga qaytib qolaveradi. Asfalt bölmasa bekor-da.
Bizga qişloğimiz yöli asfaltlaş uçun dasturga tuşgani haqida har yili aytişadi. Odamlar işonuvçan, rahbar gapirsa işonadi. Lekin öşa dastur ijrosidan mana ön yillardirki, darak yöq.

Qatnov yöllarini ta'mirlaşga mas'ul organlar, hokimiyatdagilar şu yölimizga ham e'tibor qaratib, ta'mirlaşga yordamlaşsin. Biz ham qarab turmaymiz, qurbimiz yetgança mablağ, kuçimiz yetgança mehnat qöşamiz», – deydi qişloq odamlari.
Şakarliklar köp yillardan beri yozda tuproqli, qişda esa loyli bu yöldan bezib ketgan. Ular mutasaddilarning muammoga e'tibor qaratişi va va'da qilingan asfalt yöldan umidvor.












