«Özbekiston temiryöllari» AJ maʼlumotiga köra, yangi yöl ötkazgiç mavjud temiryöl kesişmasi örnida barpo etilgan.
Oçiliş marosimida Toşkent viloyati hokimi Z. Mirzayev, «Özbekiston temiryöllari» AJ boşqaruvi raisi Z. Narzullayev, transport prokurori I. Narimov, mahalliy aholi va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etgan.

Loyiha doirasida uzunligi 23,6 metr bölgan ikki yölli temiryöl köprigi qurilgan. Quriliş işlaridan söng temiryöl izlari öz joyiga qaytarilgan.
Şuningdek, 1 200 metrlik aylanma temiryöl hamda avtomobil yöli barpo etilgan, 800 metr kontakt tarmoği köçirib ötkazilgan.

Quriliş davomida tösiq devor poydevori uçun 237 ta qoziq böyiça burğilaş işlari bajarilgan. Jami 60 ming kub metr tuproq işlari amalga oşirilgan.

Hududda avtomobil va piyodalar yölaklari ham qurib bitkazilgan. Yomğir va qor suvlarini xavfsiz oqizib yuboriş uçun tegişli qurilmalar örnatilgan.

Kompaniyaning bildirişiça, yöl ötkazgiç Zangiota tumani aholisi va hudud orqali tranzit harakatlanuvçilar uçun qulaylik yaratadi. U avtomobil yöllaridagi kundalik yuklamani kamaytiriş, yöldagi vaqtni tejaş va harakat xavfsizligini oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda.












