Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning asosiy muxolifi sifatida qaraluvçi Fathulloh Gulen 16 noyabr kuni AQŞda zaharlangani aytilmoqda.
Bu haqda yirik turk yangiliklar kanali Oda TV maxsus xizmatlar ma'lumotlariga tayangan holda xabar berdi. Advokat Burak Bakiröğli Gulenni yaqin şerigi Javdot Turyöli zaharlaganini ma'lum qilgan.
Keyinroq Bakiröğlining xabar berişiça, voqea natijasida Gulen gapirolmay qolgan, lekin uning joni omon.
Oda TV ma'lumotlariga köra, Gulen taşkilotidagi mullalardan biri Pensilvaniya ştatidagi fermada öz joniga qasd qilgan. Oda TV va Burak Bakiröğlining aytişiça, taşkilot tarafdorlariga sodir bölgan voqea yuzasidan sukut saqlaş buyurilgan.
Jurnalist va «Xizmat» harakati tarafdori Emre Uslu 17 noyabrda manbalar sözlariga tayangan holda Fathulloh Gulen tirik ekanini ma'lum qildi. Şu kunning özida Gulenning yaqin hamkori Javdot Turkyöli uning tirikli haqidagi video yozib qoldirdi. 18 noyabr kuni Gulen harakati tarafdorlarining Youtube’dagi kanalida voiz namoz öqiyotgan paytida olingan video paydo böldi (yozuvning haqiqiyligi tasdiqlanmagan). Gulen yaşaydigan Pensilvaniya ştati politsiyasida Gulenning ölimi haqidagi xabarni tasdiqlovçi «ma'lumotlar tizimda mavjud emas»ligi aytilgan.
Fathulloh Gulen – turk jamoat arbobi, yozuvçi va sobiq imom. Öz çiqişlarida u xayriya va konfessiyalararo muloqotga urğu berib, islomning mö'tadil şaklini tarğib qiladi. 1999 yildan boşlab, AQŞda ixtiyoriy surgunda yaşab kelmoqda. 1970-yillarda Gulen ğoyalari atrofida «Xizmat» harakati paydo bölgan. Harakat dunyoning köplab mamlakatlarida maktab va şifoxonalar oçadi.
Turkiyada gulençilar avvaliga Rajab Toyyib Erdöğanni qöllab-quvvatlaşgan. Biroq 2012 yilga kelib, ularning munosabatlari keskinlaşdi. «Xizmat» Turkiyada terroristik taşkilot deb e'lon qilindi. Turkiya rasmiylari Gulenni 2016 yildagi harbiy töntariş va Rossiya elçisi Andrey Karlovning öldirilişiga aloqadorlikda ayblagan.












