Rossiya va Özbekiston örtasidagi özaro savdo hajmi pandemiyaga qaramasdan oşib bormoqda va bu ikki mamlakat hamkorligi hatto murakkab davrda ham muvaffaqiyatli bölib qolayotganini bildiradi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuvi çoğida aytdi.

“Bugungi kunda Özbekiston umumiy tovar almaşuv hajmining 17 foizi Rossiyaga töğri keladi. Tovar almaşuv hajmi ösmoqda: ötgan yili pandemiyaga qaramasdan u 15 foizga ösdi va bu eng murakkab davrda ham muvaffaqiyatli hamkorlik qilayotganimizni körsatadi”, — dedi Rossiya prezidenti.

Özbekiston prezidentining ma'lumot berişiça, 2021 yil yakunlariga köra, Rossiya-Özbekiston tovar almaşuv hajmi 7 mlrd dollarga yetadi.

Putin Özbekiston Rossiya uçun nafaqat yaqin qöşni, balki ittifoqçi ekaniga e'tibor qaratdi. U Özbekistonni Rossiya bilan ham tarixiy, ham bugun juda köplab narsalar boğlab turadigan yirik mamlakat deya ta'kidladi.

Putinning qayd etişiça, ikki mamlakat alohida qiziqarli taşabbuslarga ega.

“Bu yerda hamkorlikda işlaşimiz uçun ulkan maydon mavjud. Sözlaşadigan mavzularimiz bor. Sizni körganimdan judayam xursandman. Darhaqiqat, körişmaganimizga ança bölgandi, xuş kelibsiz”, — dedi Rossiya prezidenti Şavkat Mirziyoyevga.

Eslatib ötamiz, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19 noyabr kuni Rossiyaga taşrif bilan bordi.

Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovning ma'lumot berişiça, taşrif davomida xalqaro axborot xavfsizligini ta'minlaş sohasida hamkorlik böyiça yirik siyosiy qöşma bayonot qabul qilinadi. Prezidentlar uçraşuvi çoğida turli sohalardagi hamkorlikni yanada çuqurlaştirişga qaratilgan 18 ta hujjat imzolanadi.