Prezident Şavkat Mirziyoyev 19 noyabr kuni Rossiyaga taşrif bilan keldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Moskvadagi “Vnukovo-2” aeroportida Şavkat Mirziyoyevni Rossiya Federatsiyasi prezidenti yordamçisi Maksim Oreşkin va boşqa rasmiy şaxslar kutib olgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Şundan söng, prezident Şavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan muzokara ötkaziş uçun Kremlga yöl oldi. 

Uçraşuvda Özbekiston bilan Rossiya örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini mustahkamlaş, turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilinadi.

Avvalroq, Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Moskvaga bugungi taşrifi çoğida imzolanadigan hujjatlar haqida gapirgandi.

«Taşrif davomida xalqaro axborot xavfsizligini ta'minlaş sohasida hamkorlik böyiça yirik siyosiy qöşma bayonot qabul qilinadi. Prezidentlar uçraşuvi çoğida turli sohalardagi hamkorlikni yanada çuqurlaştirişga qaratilgan 18 ta hujjat imzolanadi. Xalqaro yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni ta'minlaş töğrisidagi bitim, quriliş, energetika, sanoat va qişloq xöjaligi sohasidagi hamkorlikni çuqurlaştiriş böyiça hujjatlarni alohida ta'kidlab ötiş lozim», dedi u.