Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumani hududida sodir bölgan yöl transport hodisasi oqibatida Nexia yonib ketdi. Haydovçi voqea joyida vafot etgan. Bu haqda IIV YHXBB ma'lum qildi.

Joriy yilning 19 noyabr kuni soat 14:25 larda Mirzaobod tumani hududidan ötuvçi M-34 avtomobil yölining 132-kilometrida haydovçi A.N. boşqaruvidagi Nexia hamda haydovçi N.Q. boşqaruvidagi «Zil-MMZ 554» rusumli yuk avtomobili iştirokida töqnaşuv sodir bölgan va Nexia avtomobilida yonğin yuzaga kelgan.
Töqnaşuv va yonğin oqibatida Nexia haydovçisi A.N. olgan oğir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Mazkur yöl transport hodisasi yuzasidan Mirzaobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.










